2021-yil 22–23-aprel kunlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Yoshlar tadbirkorligi – mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish omili” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyaning birinchi kunida IT Park direktorining xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Ayupov Bohodir, universitet rektori Salixov Jasur, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport ishlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Toshmuhamedova Dilorom, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar bilan ishlash agentligi direktori oʻrinbosari Omonov Farrux, Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Xamidov Baxtiyor, shuningdek IT Park vakillari, universitet maʼmuriyati, tadbirkorlar, talabalar va boshqa maʼruzachilar ishtirok etishdi.
IT Park direktorining xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Ayupov Baxodir ham soʻzga chiqib, talabalar uchun nafaqat muvaffaqiyatli amalga oshirishga umid qilish, balki startaplarni rivojlantirish jarayonida ishtirok etish muhimligini, chunki yakunda faqat toʻplangan tajriba muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
Barcha chiqishlardan soʻng tadbir mehmonlari va ishtirokchilari IT Park koʻmagidagi inkubatsiya markazining ochilishiga, shuningdek, IT Park va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan yangi binoga yoʻl oldilar.
Inkubatsiya markazi talabalarga oʻzlarining boshlangʻich gʻoyalarini roʻyobga chiqarish va nafaqat shaxsiy, balki kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga imkon beradi.
Konferensiya, oʻz navbatida, bu bilan tugamadi. 2021-yil 23-aprel “Yoshlar tadbirkorligi – mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish omili” ilmiy-amaliy konferensiyasining yakuniy kuni boʻldi, unda marketing, tadbirkorlik, biznes, iqtisod va boshqa sohalar boʻyicha maʼruzachilar qatnashdilar.
Ushbu kun maʼruzachilaridan biri “HM Partners” va “Team University” kompaniyalar guruh hammuassisi, “GEN Oʻzbeksitan”ning mamlakat boʻyicha direktori Hikmat Abdurahmonov, “BILLZ” startapi hammuassisi Rustam Hamdamov va boshqalar boʻldilar.
Maʼruzachilar qatoriga IT Parkʼning raqamli transformatsiya boʻlimi boshligʻi Anastasiya Filippova ham kirdi, u “Oʻzbek talabalarini zamonaviy innovatsion tadbirkorlikka jalb qilish” mavzusida taqdimot oʻtkazdi.
Ikki kun natijalari universitetda inkubatsiya markazining ochilishi, inkubatsiya markazini rivojlantirishda tomonlar oʻrtasida faol hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolanishi, talabalar maʼruzachilardan qimmatli bilimlarni olish, netvorkingni takomillashtirish va IT Park va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat boʻldi.
2021-04-23