“Tourism. The path to innovation” tanlovi doirasida Demo Day bo‘lib o’tdi

IT Park, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda o‘tgan yili turizm sohasidagi startaplar “Tourism. The path to innovation” tanlovini o‘tkazdi.

2021-yil may-iyun oylarida tanlovda qatnashish uchun 102 ta ariza qabul qilindi, shundan 14 ta loyiha final bosqichiga o‘tdi.

Joriy yilning 27-sentyabr kuni ushbu 14 loyiha asoschilari ishtirokida Demo Day tashkil etildi.

Demo Day natijalariga ko‘ra, ekspert komssiyasi quyidagi istiqbolli loyihalarni qisman moliyalashtirishga qaror qildi:

1. “Instagrammable” - 80 000 000 so‘m;

2. “Imagebazaar” - 100 000 000 so‘m;

3. “Stans” - 120 000 000 so‘m;

4. “Real history” - 150 000 000 so‘m;

5. “Craft meets design” - 350 000 000 so‘m.


Eslatib o‘tamiz, “Tourism. The path to innovation” tanlovi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g’risida“gi qarori doirasida turizm sohasini qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rish, O‘zbekiston Respublikasida startap va turizm ekotizimini rivojlantirish uchun yuqori texnologiyali mahsulotlarni olish, shuningdek, turistlik salohiyatini ochish, mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish va turizm sohasidagi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
 

 

2021-09-29