Tumaris Tech: akseleratsiya dasturi ishtirokchilari oʻz loyihalarini Demo Dayʼda namoyish qilishadi!

5-dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Tumaris Tech loyihasining “Demo Day”i boʻlib oʻtadi. Unda akseleratsiya dasturi ishtirokchisi boʻlgan 16 jamoa oʻz biznes loyihastaqdimotini namoyish qiladi.

Loyihalarni Singapur, Qozogʻiston va Rossiyadan boʻlgan ekspertlar baholashadi va boʻlgʻusi investitsiyalash uchun eng yaxshi gʻoyalarni tanlab olishadi.

Loyihada kimlar gʻolib boʻlishini bilmoqchimisiz?

5-dekabr, soat 11:00 da havolaga oʻting: https://www.youtube.com/watch?v=4giHC3Pi6RY

Eslatib o‘tamiz, Tumaris Teach IT Park tomonidan USAID biznes muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihasi ko‘magida tashkil qilingan.

Loyiha xotin-qizlarni ICT ekotizimiga jalb qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan: masofaviy ishlashni istovchi xotin-qizlar uchun ta’limni taqdim etish hisobiga BPO'ni (Business Process Outsourcing) rivojlantirishdan tortib startaplarni rivojlantirish va sarmoyalarni o‘rganishgacha.

Bizning dasturlarimizda ishtirok etib, ishtirokchilar:

— biznesni rivojlantirish uchun zarur va sifatli bilimlarni egallash;

— muzokaralar yuritish, menejment, sardorlik va savdo sohasi boʻyicha koʻnikmalarni yaxshilab, oshirish;

— ilgʻor tadbirkorlar va boshqa loyiha ishtirokchilari bilan netvorkingni yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻldilar.

2020-12-02