2024-yil 26-dekabrda “Tumaris.Tech Central Asia” loyihasi doirasida “USAID”ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi ko‘magida eksport akseleratorining ikkinchi to‘lqini demo-kuni o‘tkazildi. Tadbirda Markaziy Osiyoning beshta davlati: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonlik ayollar asos solgan startaplar yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha o‘z biznes rejalarini taqdim etdilar.
Joriy yilda loyiha o‘z faoliyatini davom ettirib, ishtirokchilarga xalqaro bozorlarga chiqish va bizneslarini rivojlantirish uchun keng qamrovli yordam ko‘rsatdi.
Loyihalarning eng yaxshi natijalari:
IT Park Uzbekistanning startaplar, venchur investitsiyalar va mahalliy IT-xizmatlarni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Anastasiya Filippova qutlov nutqi bilan so‘zga chiqdi:
“Tumaris.Tech loyihasi nafaqat Markaziy Osiyo tadbirkor ayollarini ilhomlantiradi, balki ularga xalqaro bozorlarga dadil qadam tashlashga yordam beradi. Biz ayollar tomonidan tashkil etilgan yoki asos solingan startaplarni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz va ularning global maqsadlarga ega muvaffaqiyatli bizneslarga aylanayotganini ko‘rmoqdamiz. Demo-kun ishtirokchilarimiz uchun muhim bosqich hisoblanadi va ishonchim komilki, ular olgan bilimlari, ustozlari va hamkorliklari yordamida o‘sishda davom etib, tadbirkorlikda yangi cho‘qqilarni zabt etadilar.”
“Tumaris.Tech” 2020-yil avgust oyida IT Park Uzbekistan tashabbusi doirasida “USAID”ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi ko‘magida ishga tushirildi va ayollarning tadbirkorlik sohasidagi mavqeyini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Mazkur loyiha nafaqat mentorlik va maslahat yordamini ko‘rsatadi, balki startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashadi.
Akseleratorning ikkinchi bosqichi 12 hafta davom etdi va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA), AQSh hamda Janubi-Sharqiy Osiyo (SEA) bozorlariga bag‘ishlangan 7 ta o‘quv mashg‘ulotini o‘z ichiga oldi. Startaplar, shuningdek, tajribali trekerlar va ekspertlar bilan 120 soatdan ortiq ishlashdi, ular xalqaro bozorlarga chiqish uchun individual rejalarni ishlab chiqishga yordam berishdi.
Demo-kunida “Sturgeon Capital”, “Aloqa Ventures”, “UC Ventures”, “Pivot.uz” va “Activat VC” kabi yetakchi venchur fondlari va biznes farishtalari ishtirok etdi. Investorlar nafaqat taqdimotlarni kuzatishdi, balki akselerator ishtirokchilariga yangi marralarga chiqishda yordam beradigan fikr-mulohazalarni ham bildirdilar.
Demo-kunida taqdim etilgan loyihalar ro‘yxati venchur fondlari va investorlarga ko‘rib chiqish va moliyalashtirish imkoniyati uchun taqdim etildi.
“Tumaris.Tech” loyihasi Markaziy Osiyoda ayollar startaplarini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilishning muhim mexanizmi bo‘lib qolmoqda va mintaqada ayollar tadbirkorligi uchun imkoniyatlarni kengaytirishda hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Kelgusi yilda dasturning uchinchi to‘lqini ishga tushirilishi kutilmoqda, u yangi ishtirokchilar va investorlarning e’tiborini jalb etishda davom etadi.
2024-12-28