Tumaris Tech: qaysi loyihalar gʻolib boʻldi?

Yaqinda biz Tumaris Tech loyihasining birinchi toʻlqini oʻz nihoyasiga yetganini e’lon qildik. Tumaris Tech loyihasining Demo kunida 15 ta startap Tumaris Tech akseleratsiya dasturida oʻqish davomida yaratgan loyihalarini taqdim etishdi.

Va nihoyat biz oʻz loyihalarini sifatli amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan Tumaris Tech birinchi toʻlqinining gʻoliblarini e’lon qilmoqchimiz.

Birinchi mavsum gʻoliblari:

1. Zarplata.uz - bu 24/7 real vaqt rejimida mukofot puli, kompensatsiya va imtiyozlar toʻgʻrisida soʻnggi ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan internet portal;

2. SmartPark - bu aqlli avtoturargoh xizmati texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha;
3. FreshDeals_Home – bu mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmati;
4. DIS-COUNT – bu tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, mijozlarga sodiqliklari uchun chegirmalar, ballar yoki keshbek olishlariga yordam beradigan ilova;
5. Hizmat – bu maishiy xizmat koʻrsatuvchi ayol xodimlarni qidirishga moʻljallangan mobil ilova;

Ushbu loyihalar hakamlar hay’ati a’zolarining baholari asosida eng yuqori ball toʻplashga sazovor boʻlishdi.

Hakamlar hayati tarkibi quyidagilardan iborat:

- «Sterno.ru» marketing agentligi va «brandspotter» ijtimoiy media monitoring platformasining asoschisi, Shveytsariyaning Daedalean AI (Autonomous flight control for the electric personal aircraft of the near future) startapining marketing boʻyicha direktori - Olga Sternik;

- IT Parkning kreativ direktori - Jamila Xolibayeva;

- Moreinfo kompaniyasining bosh ijrochi direktori - Ayjan Kasimbekova;
- DGP agentligining operatsiyalar bo'yicha menejeri - Elena Karandashova;
- Moliyaviy maslahatchi, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti kafedra mudiri - Nodira Abdullaeva.


Endilikda gʻolib boʻlgan loyihalar xalqaro investorlarga taqdim etiladi, shuningdek, kelgusida inverstorlarga yoqadigan loyihalar investitsiya olish imkoniyatiga ega boʻladi.






 

2020-12-16