Uchrashuv: Kompaniyalarning qanday IT-mutaxassislarga ehtiyoji yuqori?

2022-yil 8-aprel kuni IT Park Tashkentda IT-bilimlarni rivojlantirish markazi vakillarining IT-park rezidentlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Xususan, yig‘ilishda EPAM Systems, Payme, Uzcard, Click va boshqa yetakchi IT-kompaniyalar ishtirok etadi.

Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash markazlari vakillari ham ishtirok etadi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad IT-mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan IT Park rezidentlari va malakali IT mutaxassislariga muhtoj bo‘lgan yirik kompaniyalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat.

Yig‘ilishda kompaniyalarga qanday yo‘nalishlarda mutaxassislar kerakligi, kadrlar tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, mehnat bozorida qaysi mutaxassislarga talab katta ekanligiga oid mavzular muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, yig‘ilish doirasida ta’lim muassasalarida faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish uchun moddiy yordam olishni xohlovchi rezidentlarga Markaz tomonidan yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot beriladi. 

Uchrashuv uchun ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/MeNULYtCfy4YmxJD7

2022-04-02