Udacity Nanodegree g‘oliblari ro‘yxati!

Udacity Nanodegree granti nima?

Udacity Nanodegree granti — bu “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida yuqori darajada bepul ta’lim olishning ajoyib imkoniyati. Udacity Nanodegree dasturi bo‘yicha kurslar 3 oy davom etadi va uni muvaffaqiyatli tamomlab Nanodegree diplomini qo‘lga kiritish mumkin. Nanodegree diplomi — o‘ziga xos nanodiplom bo‘lib, Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa yirik IT kompaniyalariga ishga kirish chog‘ida tan olinadi.

Navbatdagi imtihon bosqichida 456 kishi ro‘yxatdan o‘tdi. Natijada 50 nafar ishtirokchi Udacity Nanodegree grantining baxtli sohiblari deb topildi.

One Million Uzbek Coders dasturi —aholining keng qatlamlarini ixtisoslashtirilgan onlayn portal orqali dolzarb IT mutaxassisliklari bo‘yicha masofaviy bepul o‘qitishga yo‘naltirilgan mega loyiha.

“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi O‘zbekistonda “Dubai Future Foundation” (BAA), IT Park qoshidagi IT Akademiya, Toshkentdagi Inha universiteti, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi IT maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Loyiha doirasida dasturlash bo‘yicha masofaviy o‘qishni ta’minlovchi www.uzbekcoders.uz platformasi hamda o‘zbek tilidagi xalqaro ta’lim platformasi -  “Udacity.com” ham faoliyat yuritmoqda.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida yuqori talabga ega to‘rtta mutaxassislikni o‘z ichiga oladi: ma’lumotlar tahlili (Data-analytics), android dasturlash, frontend dasturlash va FullStack dasturlash. Umumiy kurs 120 soatlik o‘qish uchun mo‘ljallangan.

G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishish uchun havola:  https://clck.ru/QsbFW

2020-09-17