Umumiy mukofot jamgʻarmasi $10 000 tashkil qiluvchi Xalqaro dasturlash olimpiadasida ishtirok eting!

2022-yil 19-fevral kuni Logo tilida dasturlashni o‘rganish uchun shu nomdagi onlayn o‘yin yaratuvchisi Balatech tomonidan tashkil etilgan Xalqaro dasturlash olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.  IT Park ushbu olimpiadani tashkil etishda hamkor deb hisoblanadi.

Olimpiadada 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.  Eng muhimi, olimpiada ishtirokchisi bo‘lish uchun dasturlash va aniq fanlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lish shart emas.

Sizga kerak boʻlgan yagona narsa - Internetga ulangan smartfon yoki kompyuter va mantiqiy oʻyinlarni oʻtkazish uchun zukkolik.

Olimpiada g‘oliblari quyidagi sovg‘alarga ega bo‘ladilar:

9 ta oltin o‘rin – har bir yosh guruhida 3 ta oltin o‘rin, sovrinli o‘rinlar: noutbuklar, smartfonlar, Britaniya, Germaniya, Italiya va Malayziyaning yetakchi OTMʼlarida o‘qishga chegirmalar;

30 ta kumush oʻrin - har bir yosh guruhida 10 ta kumush oʻrinlar, sovrinlar: oʻquv kurslariga bir yillik obuna, Italiya OTMʼlariga kirish uchun test sinovlari;

150 ta bronza oʻrinlari - har bir yosh guruhida 50 ta bronza oʻrinlari, ularning sovrinlari dasturlash boʻyicha oʻquv kurslariga chegirmalar boʻladi.

Shuningdek, chempionatda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Oʻzbekistonlik ishtirokchilarga IT-Markazlarida bepul o‘qish uchun sertifikatlar topshiriladi.

Muhim! Olimpiada boshlanishidan oldin balatech.org platformasida o‘quv topshiriqlarini bajaring. Bu sizning gʻalaba qozonish imkoniyatingizni oshiradi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 18-fevral.

Olimpiada o‘tkaziladigan sana: 19-fevral.

Jadval (Bishkek vaqti bilan):

12:00 - olimpiadaning ochilishi;

12:30 - musobaqaning boshlanishi;

14:00 - natijalarni eʼlon qilish;

14:30 - Olimpiadaning yopilishi.

Savollar uchun: tech.balatech@gmail.com

Roʻyxatdan oʻtish uchun: http://balatech.org

2022-02-09