USAID vakillari bilan uchrashuv haqida

2020-yilning 6-fevral sanasida IT Parkʼda USAID tashkilotining vakillari bilan tadbirkorlik va biznes muhitni rivojlantirish loyihasi – “Future Growth Iniative” (FGI) boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi.


“Future Growth Iniative” (FGI) loyihasining maqsadi Markaziy Osiyoda, jumladan, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston,Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda  dinamik oʻsadigan iqtisodiy faoliyatni yaratishdir.


Ushbu loyiha axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, yengil sanoat va turizm sohasiga oid sektorlarning taraqqiy ettirishni koʻzlaydi.


Taʼkidlash joizki, mazkur tashrif davomida mamlakatda tadbirkorlikni va biznes muhitni rivojlantirishga oid bir qator muhim masalalar, shu jumladan, USAId koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda treninglar oʻtkazish, hududlarda mentorlikni rivojlantirish, potensial biznes farishtalar uchun treninglar tashkil qilish, venchur investitsiyaga oʻqitish, oʻzaro hamkorlikda startap-iventlarni oʻtkazish, aholining raqamli savodxonligini oshirish imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan holda ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dastur yaratish kabi jihatlar muhokama etildi.


2020-02-07