"Uzcard" fintech loyihalari rahbari, SalamPay sobiq direktori mitap o'tkazadi

28-sentabr kuni soat 18:30 da IT Parkning Toshkent filialida “SalamPay”ning sobiq ijrochi direktori, hozirda “Uzcard”ning fintech-loyihalar bo’yicha rahbari Otabek Aliasqarov tomonidan “Startup Meetup” shaklida uchrashuv o‘tkaziladi.

Tadbir davomida spikerlar fintech loyihasini ishga tushirish va u bilan xalqaro bozorga chiqish usullari haqida so’zlab beradi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari fintech loyihalarini boshlashda qanday xatolarga yo'l qo'ymaslik kerakligini va bozorda kechayotgan o'zgarishlarga qanday munosabatda bo'lishni bilib oladilar.

Tadbir rus tilida o'tkaziladi. Uchrashuvga 27-sentabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://forms.gle/sjeD7q1DrsTc1wMb8

Spiker haqida ma'lumot:

Otabek Aliasqarov bank va fintech sohasida 13 yillik, IT va marketing sohasida esa 3 yillik tajribaga ega mutaxassis.

Otabek banklar, toʻlov tizimlari va fintech bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha xalqaro marketing yetakchi agentligi “Muna Media” ta’sischisi, shuningdek, islomiy moliya tamoyillari va standartlari doirasida chakana kreditlash va investitsiyalar uchun  “Taqsim” fintech platformasining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi va mentori.

2022-09-20