UZINFOCOM “Seamless Middle East 2023” ko‘rgazmasida

IT Park rezidenti, UZINFOCOM Yagona Integratori 23–24-may kunlari Dubayda “Dubai World Trade Centre” ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tgan “Seamless Middle East 2023” keng koʻlamli xalqaro tadbirida qatnashdi.

“Seamless Middle East 2023” – bu xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi 23 yil davomida har yili sanoat yechimlarini ishlab chiquvchilarni davlat strukturalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillari bilan birlashtiradigan noyob tadbirdir.

Tadbir doirasida 300 dan ortiq spikerlar ishtirokida so‘nggi tendensiyalar, bozordagi inqilobiy oʻzgarishlar hamda to‘lovlar, fintech, chakana savdo va elektron tijorat dunyosini shakllantiruvchi texnologiyalar bo‘yicha ikki kunlik konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Seamless Middle East” ko‘rgazmasi to‘lov texnologiyalari, fintech, identifikatsiya, elektron tijorat va chakana savdo sohasidagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar fikr almashdilar, sohadagi so‘nggi tendensiyalar haqida bilib oldilar, mutaxassislarning taqdimotlarini tingladilar va muhokamalarda qatnashdilar.

UZINFOCOM stendini UZINFOCOM bosh direktori o‘rinbosari va MyID ekotizimining Product Ownerʼi Baxtiyor Rizayev va MyID ekotizimining Account Menejeri Ulugbek Shakirov taqdim etdilar. Ular O‘zbekiston IT sektorining imkoniyatlari va sun’iy intellekt sohasidagi milliy miqyosdagi loyihalar, masalan: MyID Vision, MyID Video Analytics, Muxlisa AI Voice Assistant va MyID Palm haqida so‘z yuritdilar.

Commercial bank of Kuwait, Bank Islami Pakistan, Alshaya Group, Checkout.com, Etihad Group, Unipay, Oneclick, Wide Computer Systems va boshqa kompaniyalar Oʻzbekiston loyihalariga qiziqish bildirishdi. Xususan, terminaldan foydalanishdan oldin kassirlarni validatsiya qilish masalalari boʻyicha Unipay bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi;  Quvaytda kiosk identifikatsiyalash yechimidan foydalanish masalalari boʻyicha Commercial bank of Kuwait; Wide Computer Systems bilan – HoReCa (Jumeirah, Armani Hotel Dubai, Wyndham va boshqalar) sohasidagi hamkorlarining faoliyatiga videotahlil va biometrik identifikatsiya texnologiyasini joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun kengaytirilgan tarkibda uchrashuv tashkil etish toʻgʻrisida.

2023-05-24