Vaqtni boy bermang, chempionatda ishtirok eting va pulli sovrinlarini yutib oling!

Algoritmik dasturlash va sun‘iy idrok bo‘yicha Rucode chempionati boshlanishiga oz vaqt qoldi. Unda ishtirok etish uchun, dasturlash bo‘yicha intensiv kurslarini muvaffaqiyatli tugatishingiz lozim. 

Eslatib o‘tamiz, algoritmik dasturlash va sun’iy idrok bo‘yicha ikkinchi butunrossiya onlayn festivali, RuCode Festival tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yosh IT mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda turli musoboqalarda tajriba orttirish istagida bo‘lganlar uchun tashkil etilgan.

Festival Moskva fizika-texnika instituti, Rossiyaning o‘n beshta mintaqasidagi yetakchi universitetlar, Prezident grantini taqdim etuvchi Fond tomonidan berilgan Rossiya Prezidentining grantidan foydalangan holda fizika maktablarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, hamda IT Park tomonidan tashkil etilmoqda.

Shanba kuni 19-sentyabrdan 22-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan algoritmlar bo‘yicha intensiv uchun tanlov boshlanadi, undan so‘ng 28-sentyabrdan 2-oktyabrgacha intensiv bo‘lib o‘tadi. 

Intensiv ishtirokchilarini nima kutmoqda?

Besh kunlik onlayn ma’ruzalar, 15 soatlik tanlov va onlayn tahlil.

Kursda Rossiyaning eng yirik oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari ishtirok etadi (MIPT, NSU, FEFU). 

Intensiv mavzulari va dasturlar namunalarini quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: https://rucode.net/. 

Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Mazkur havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://rucode.net/ va https://vk.cc/azlBRR

Algoritmlar tanlovida ishtirok etmoqchi bo‘lganingizni va davlatingiz vaqt mintaqasini ko‘rsatib o‘tishni unutmang.
Qulay kunni tanlang va 10ta vazifani yechish uchun vaqtni ham hisobga oling.

Tadbir tili: rus tili

RuCode’da uchrashguncha!

2020-09-18