Vashington shahrida AQSh–Oʻzbekiston texnologiya sohasidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi

Vashington, D.C. shahrida yopiq formatdagi rahbarlar uchun moʻljallangan maxsus davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda AQShning yetakchi texnologiya kompaniyalaridan saralangan yuqori lavozimli rahbarlar ishtirok etdilar. Davra suhbati American-Uzbekistan Chamber of Commerce ijrochi direktori Elena Son tomonidan tashkil etildi va olib borildi.

Tadbirda quyidagi kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar:

  • Meta
  • DataVolt
  • SuperMicro
  • Inertial Labs Inc.
  • Alexandria Transport & National Center for Energy Analytics

Muloqotda quyidagi asosiy yoʻnalishlar muhokama qilindi:

  1. Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan raqamli sektorida strategik investitsiya imkoniyatlari;
  2. IT Park Uzbekistan orqali xorijiy texnologiya kompaniyalari uchun berilayotgan imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari;
  3. Yoshlar uchun yuqori malakali va daromadli ish oʻrinlarini yaratish hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish.

Vazir Sherzod Shermatov Oʻzbekistonning raqamli transformatsiyaga sodiqligi va global innovatsiya kompaniyalari bilan hamkorlikka tayyorligini taʼkidladi.

2025-11-09