“Vatanparvar” IT Park axborot texnologiyalari markazi rezidentlari “E-AVTOMAKTAB” nomli onlayn platformasini taqdim etdi.

“Vatanparvar” axborot texnologiyalari markazi masofaviy ta’lim uchun “E-AVTOMAKTAB” nomli onlayn platformansini ishlab chiqdi. Mazkur platforma avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirishda axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, karantin talablariga rioya qilgan holda, o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etish imkonini beradi.

Platformaning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

- o‘qish, hujjatlar, talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, guruh tuzish uchun arizalarni qabul qilish;

- talabalar davomati hamda o‘quv jarayonini kuzatish, o‘quv mashg‘ulotlarini shakllantirish;

- hukumat talablariga javob beruvchi butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan 3D animasion effekt hamda videokontentga ega bo‘lgan elektron o‘quv qo‘llanmalarning mavjudligi;

- maktab to‘lovlari hisoboti;

- bilim o‘zlashtirish sifatini aniqlashda yordam beradigan davlat talablariga javob beruvchi animasion effektlarga ega bo‘lgan yagona test dasturi;

- o‘qituvchi va instruktorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

- moliyaviy, analitik hisobot va statistikani turli mezonlarga muvofiq aniqlash (yuklash).

“Vatanparvar” axborot texnologiyalari markazi – bu IT Park rezidentligiga kiruvchi IT kompaniya hisoblanadi. Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad - axborot tizimi, dasturiy mahsulot, veb-sayt, mobil ilova, dizayn va texnik hujjatlarni, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa xizmatlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatishdir.

Markazning asosiy vazifalariga axborot texnologiyalarini joriy etish orqali transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kiradi.

IT kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar:

- axborot tizimlarini rivojlantirish;

- veb-sayt va portallarni ishlab chiqish;

- mobil ilovalarni ishlab chiqish;

- loyiha va texnik hujjatlarni ishlab chiqish;

- texnik yordam;

- IT konsalting.

Aloqa uchun: +998 99 400 05 54

2021-01-04