“Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 9-toʻlqiniga start berilmoqda

23-aprel kuni IT Park koʻmagida kelajak va joriy venchur investorlar, biznes farishtalar, korporatsiyalarning akseleratorlar va innovatsiyalar boʻlimlari xodimlari, shuningdek, startap asoschilari uchun moʻljallangan “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 9-toʻlqini boshlanadi.

Dastur 4 hafta davom etadi, unda ishtirok etish bepul. Darslarni I2BF Global Venturesʼning investitsiya direktori Denis Kalishkin olib boradi.

Kurs doirasida tinglovchilar quyidagilarni rganadilar:

  •  venchur fondi nima va u qanday ishlaydi;
  •  startap uchun bozor va raqobat tahlili;
  •  kelishuvning asosiy shartlari (term sheet);
  •  kapitalizatsiya jadvali (cap table);
  •  investitsiya memorandumi, startapni tahlil qilish mezonlari, venchur investorning xatolari va kognitiv buzilishlari;
  •  Due Diligence jarayoni;
  •  startapning moliyaviy koʻrsatkichlarini tahlil qilish va moliyaviy modelni yaratish;
  •  venchur fondi portfelini boshqarish, risklarni muvozanatlash, fondning hayot aylanishi;
  • guruh bilan keyslarni tahlil qilish: a) Lotin Amerikasi venchur bozori tahlili), b) Bessemer fondining investitsiya memorandumi asosida Twitch investitsiya memorandumi tahlili;
  •  venchur fondidagi karyera boʻyicha vebinarlar va mustaqil taʼlim uchun qoʻshimcha materiallar;
  •  Denis Kalishkin bilan onlayn savol-javob sessiyalari.

Bugungi kunga qadar kurs ishtirokchilarining umumiy soni 6000 kishidan oshdi.

Dasturga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc2SrmMJKHjDW0rM9T0MW-Ym5u8n1VYaOZHZJve7ldQAY5IwA/viewform

Tashkilotchi haqida:

Denis Kalishkin – I2BF Global Ventures kompaniyasining sarmoyaviy direktori, AQSh va MDHda 8+ yillik investitsiya tajribasiga ega mutaxassis, zamonaviy texnologiyalardan (AI, Internet narsalari, RPA, robotlar va avtomatlashtirish, SaaS, AR/VR) foydalangan holda eski va zerikarli sanoatni (ishlab chiqarish, qurilish, logistika va boshqalar) o‘zgartiradigan startaplarga e’tibor qaratadi.

2023-04-13