Viloyatlarda “Startap tashabbuslari” dasturining beshinchi sikli ishga tushirilmoqda

Shu yilning 3-4 avgust kunlari Farg‘ona vodiysida IT Park, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Turizm va Sport vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, IT markazlari, Xalqaro Vestminster universiteti, “DataSite Technology” IT parkining rezidenti, Ground Zero va C-Space kovorking markazlari boshchiligida dasturning beshinchi siklining navbatdagi mintaqaviy bosqichi boshlandi.

“Startap tashabbuslari” dasturi O‘zbekistonning yosh avlod vakillarini o‘zlarining innovatsion loyihalarini g‘oyadan tayyor IT mahsulotigacha amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Dasturning beshinchi sikli onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirok etish uchun tushgan arizalar soni 905 tani tashkil etdi, bu oldingi siklga nisbatan 72% ga ko‘pdir.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 64 ta jamoa uchun o‘z loyihalarini barcha zarur mezonlarga muvofiq muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun treninglar o‘tkaziladi, bu ularga “Startap tashabbuslari” dasturining yakuniy bosqichiga o‘tishga va Demo kunida g‘oyalar va mahsulotlar taqdimotiga ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga imkon yaratadi.

Startup Initiatives dasturi bir nechta yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi, ular orasida “EdTech” (52 loyiha), “Savdo va xizmat korsatish sohasi” (51 loyiha) va “Ijtimoiy texnologiyalar” (26 loyiha) eng mashhur hisoblanadi.

“Startap tashabbuslari” dasturining beshinchi sikli besh kunlik intensiv o‘quv dasturi bilan boshlandi, unda ishtirokchilar “Lean Startup” usuli yordamida startaplarni ishga tushirish asoslari bilan tanishishlari mumkin, shundan so‘ng tinglovchilar loyihalarni rivojlantirish uchun “yo‘l xaritasi”ni tuzish, maqsadli auditoriyani va testlash jarayonini batafsil o‘rganish orqali o‘z dasturlarini bevosita amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tajribali mutaxassislar va murabbiylar dastur davomida ishtirokchilarga hamrohlik qiladilar, bilim va tajriba bilan ulashadilar, o‘z innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida barcha kerakli masalalar bo‘yicha maslahat beradilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar IT va tadbirkorlik sohasidagi malakali mutaxassislarning mahorat darslarida qatnashadilar.

Ta’kidlash joizki, yaqin kelajakda respublika boshqa viloyatlarida ham tanlov natijalariga ko‘ra tanlangan 273 loyiha jamoalari uchun shunday seminar va treninglar o‘tkaziladi. Masalan, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan kelgan ishtirokchilar uchun bunday treninglar 2021 yil 6-7 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Eng yaxshi 40 ta loyiha, o‘z loyihalarini yakuniy taqdimoti natijalariga ko‘ra, o‘z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha maqsadli grant oladilar. O‘zbekistonning har bir viloyatidan 3 ta va Toshkentdan 10 ta jamoa g‘olib bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Grantlar “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi va BMT’ning O’zbekistondagi rivojlanish dasturi va Yaponiya hukumati tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag‘ hisobidan taqdim etiladi.

“Startap tashabbuslari”ning axborot hamkorlari UzReport va Spot.uz agentliklari.

Batafsil ma’lumot http://startupinitiatives.uz/ sayti, Facebook sahifasi: https://www.facebook.com/startupuzb/  va Telegram kanalida: https://t.me/startup_initiatives

2021-08-06