Xalqaro logistika kompaniyasi xodimlarni ishga qabul qilmoqda!

Farg‘onadagi vs Sirdaryodagi xalqaro logistika kompaniyasi IT Park bilan hamkorlikda xodimlarni ishga qabul qilmoqda.

Nomzodlar 17 yoshdan oshgan, Farg‘ona yoki Sirdaryo shahrida yashovchi, ingliz tilini mukammal bilishi hamda IELTS dan 5 balldan yuqori ballga ega bo‘lishlari kerak.  Shuningdek, nomzodlar kompyuterdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.

Oliy maʼlumot diplomi va ish tajribasi - shart emas.  Barcha yoshlar bir oy davomida mashg‘ulotlardan o‘tadilar va shundan so‘ng Toshkent shahrida amaliyot o‘tkaziladi.  Amaliyotni tamomlagandan soʻng, yoshlar AQShda logistika xizmatlarini koʻrsatadilar.

Kompaniyadagi ish quyidagilardan iborat:

Yosh yigitlar dispetcher boʻlib ishlaydilar.  Ularning vazifalariga quyidagilar kiradi: Qoʻshma Shtatlarga joʻnatmalarni kuzatish, haydovchilar bilan aloqa qilish, haydovchilar uchun yuklarni qidirish, haydovchilarni belgilangan manzilga kuzatib borish va boshqalardan iborat.

Ish tartibi: har kuni soat 16:00 dan 02:00 gacha.

Ishga qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi!

Eslatib o‘tamiz, IT Park O‘zbekistonning har bir hududida BPO kompaniyalarini ochish tashabbusi bilan chiqadi.  Bu xizmatlar eksporti va ish o‘rinlari hajmini oshiradi, qolaversa, mutaxassislarning O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida xorijiy davlatlarda ishlashi uchun imkoniyat yaratadi.

Savollaringiz boʻlsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

Farg‘ona:

+99895 400 02 20;

+99899 056 11 99.

Sirdaryo:

+99899 035 11 99. 

2022-01-06