2021-yil 15-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bosh direktori va korporatsiyaning Vitse-prezidenti Mahtаr Diop boshchiligidagi delegatsiya IT Park’ga tashrif buyurdi.
XMK delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifining asosiy maqsadi - XMKning mahalliy loyihalar va kompaniyalar bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish maqsadida ularni loyihalar, startap ekotizim va umuman IT sohasi bilan tanishtirish.
Uchrashuvda Bosh vazir maslahatchisi - IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston uchun XMK hududiy Vitse-prezidenti Xela Cheikhrouhou, Evropa va Markaziy Osiyo mintaqalari direktori Viebke Shloemer, ХМК Markaziy Osiyo mintaqaviy menejeri Kassandra Kolbert, IT Park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov, shuningdek, IT Park rezidentlari va boshqalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida "Datasite Technology", "Iman Halal Investments", "Mayasoft", "Finextra", "Express24 va MyTaxi" va boshqalar kabi kompaniyalarning ta’sischilari mehmonlar oldida o‘z kompaniyalari faoliyati haqida gapirib berishdi va o‘z loyihalarini taqdim etishdi.
Natijada chet ellik mehmonlar kompaniyalar va loyihalar asoschilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va O‘zbekiston IT sohasidagi ishbilarmon doiralar bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ldi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) haqida
IFC - rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektorga e’tibor qaratadigan eng yirik global rivojlanish tashkiloti hisoblanadi.
Jahon banki guruhining a’zosi bo’lgan IFC, rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektorning o‘sishini rag‘batlantirish orqali iqtisodiy taraqqiyot va odamlarning farovon hayotiga yordam beradi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi 1956 yilda tashkil topgan va u xususiy sektor rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zgarishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi haqidagi dadil fikrga asoslanadi. O‘sha vaqtdan beri korporatsiya o‘z faoliyatini dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida kengaytirdi, biz "rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti" kontsepsiyasini shakllantirdik va yangi bozorlarni, masalan, barqaror obligatsiyalarni yaratilishiga sababchi bo‘ldik.
Mamlakatlarga xususiy sektorni rivojlantirishga yordam berish uchun korporatsiya turli mexanizmlardan foydalanadi:
- kompaniyalarga qarzlar, aktsiyalarda ishtirok etish, qarz majburiyatlari va kafolatlar ko‘rinishidagi investitsiyalar.
- boshqa kreditorlar va investorlarning mablag‘larini sindikatsiyalangan kreditlar, parallel kreditlar va boshqa yo'llar bilan jalb qilish.
- kompaniyalar va hukumatlarga xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish va investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha konsultatsiya berish.
2021-09-15