31-mart kuni “IT Park Uzbekistan”ga SHHT davlatlari texnologiyalari transferi bo‘yicha Xitoy markazi rahbari – Chjao Chjunyuan “Consult Invest ITIC” xalqaro savdo va investitsiya kompaniyasi vakillari bilan birga tashrif buyurishdi.
Tashrifning maqsadi – IT Park va SHHT davlatlarining Xitoy texnologiyalar transferi markazi faoliyati bilan tanishish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida IT va BPO sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat edi.
Delegatsiya tarkibida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning Xitoy texnologiyalari transferi markazi rahbari, Qingdao Aston Engineering Technology Transfer Co., Ltd kompaniyasi direktori Chjao Chjunyuan, SHHT Xitoy texnologiyalar transferi markazining xalqaro hamkorlik boʻlimi rahbari Bogdanova Yuliya Sergeyevna, “Consult Invest ITIC” xalqaro savdo-investitsiya kompaniyasi direktori Kim Denis Vitalyevich, “Consult Invest ITIC” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Rustamov Farrux Avazovich keldilar.
Mehmonlarni innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Jahongir Rajabov, IT Park Investitsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nigora Mirjalilova va Startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Kagirov kutib olishdi.
Uchrashuv davomida IT Park vakillari xorijlik hamkasblariga hukumat tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berishdi.
Mehmonlarga IT Park faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan: O‘zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotda IT-sektorni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslar, Markaziy Osiyo mintaqasining inson kapitali va salohiyati, shuningdek, ushbu sohani takomillashtirishning barcha strategiyasi amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonning yosh aholisi haqida taqdimot oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida IT va BPO (Business Process Outsourcing)ni rivojlantirish boʻyicha hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qulay biznes muhitini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha qoʻyilgan vazifa koʻrib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, rezident-kompaniyalarni erkin iqtisodiy zona bilan ta’minlash, IT-ta’limni isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yosh IT-mutaxassislarning katta oqimini yaratish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish va AKT sohasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish masalalariga katta eʼtibor qaratildi.
SHHTga aʼzo davlatlarning Xitoy texnologiyalari transferi markazi rahbari soʻnggi yillarda Oʻzbekiston IT sohasida roʻy bergan ijobiy oʻzgarishlarni qayd etdi.
Tomonlar xalqaro loyihalar bo‘yicha rejalar bilan boʻlishdilar hamda axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirdilar.
Muloqot yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni davom ettirishga kelishib oldilar
2023-04-03