Xorazm Tech Sammit IT-forumi

Joriy yilning 30-31-may kunlari IT Park’ning Urganch filialida axborot texnologiyalari sohasida Xorazm viloyatining mahalliy IT-kompaniyalari, mutaxassislari va yosh iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik IT-forum Xorazm Tech Summit bo‘lib o‘tadi.

Forumning birinchi kuni taqdimotlar va IT-ta’lim sohasidagi eng muhim masalalarga bag‘ishlanadi. Shu kuni spikerlar so‘zga chiqib, IT-ta’lim imkoniyatlari haqida so‘z yuritadilar hamda IT Park universiteti va tashkil etilgan IT-akademiyaning faoliyati haqida ma’lumot beradilar.

BPO’ga bag‘ishlangan sessiyada sammit ishtirokchilari “MAAB Innovations” MChJ faoliyati, yoshlar siyosatini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston yoshlari uchun IT sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, IT Park rezidentlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Forumning ikkinchi kuni doirasida mehmonlarni quyidagilar kutmoqda:

  • Xorazm viloyati hokimligi granti uchun tanlov;
  • mehnat yarmarkasi;
  • dasturlash bo'yicha musobaqa;
  • Ideathon for girls;
  • IT-ta'lim bo'yicha seminar-trening.

Tadbirlar soat 09:00 da boshlanadi.

Xorazm Tech Summit IT-forumida ishtirok etish va texnologik taraqqiyotning oldingi saflarida bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Batafsil maʼlumot uchun: +998990531199, +998622261198.

2023-05-25