Xorazmda yangi inkubatsiya markazi ochildi

2022-yil 9-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida AKT Vazirligi, Sogliqni saqlash Vazirligi va IT Park komagida yangi Inkubatsiya markazi ochildi.

40-Inkubatsiya markazining ochilish marosimida viloyat hokimi orinbosari Sanʼatbek Salayev, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va AKT Vazirligining viloyat boshqarmasi rahbariyatlari hamda boshqa mutasaddi shaxslar ishtirok etdilar.

Markaz axborot texnologiyalari sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish va ushbu yo‘nalishda yoshlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda har chorakda inkubatsiya dasturlari, xakatonlar, ideatonlar, tanlovlar, seminarlar, vebinarlar, master-klasslar va boshqa koʻplab tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangi muassasada yoshlarimiz tomonidan yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. U zamonaviy kompyuterlar va boshqa zarur jihozlar bilan jihozlangan.

Qayd etish joizki, bugungi kunda Xorazm viloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali qoshida, shuningdek, IT Parkʼning hududiy filiali qoshida Inkubatsiya Markazlari tashkil etildi.

 

2022-12-12