Yirik “EdTech-HUB Bukhara” loyihasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va IT Center bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida axborot texnologiyalarini bepul oʻqitishga ixtisoslashgan "EdTech-HUB" oʻquv loyihasini taqdim etayotgani haqida e’lon qilgan edik. Loyihada Buxoro yoshlari va chet elda ishlashni rejalashtirayotgan Buxoro viloyati aholisi uchun mo‘ljallangan 2 ta ta’lim dasturidan iborat.

Yirik EdTech-Hub Bukhara dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini eslatib o‘tamiz. Loyiha Buxoro viloyatining shaxsiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan va o‘zini mamlakatning texnologik sohasida ko‘rishni istayotgan mahalliy yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Loyiha har biri yosh IT-mutaxassislar va startap dasturlar tayyorlashga qaratilgan uchta yirik tarkibiy qismdan iborat.

“EdTech-HUB” loyihasining maqsadi – IT sohasida 700 nafar mutaxassis va 500 nafar frilanserni yetishtirish uchun 1200 nafar Buxoro aholisini axborot texnologiyalariga o‘qitishdan iborat.

Yuqorida ta’kidlagan 3 ta komponentimiz:

1. Yoshlarni o‘qitish

Yoshlarni o‘qitish dasturi:

  • Kompyuter savodxonligi
  • Grafik dizayn
  • Front-end dasturlash
  • Backend dasturlash
  • Mobil dasturlash
  • Robototexnika
  • Sun’iy intellekt
  • Axborot xavfsizligi.

Ushbu o'quv dasturiYoshlar kitobiga kiritilgan yoshlar uchun bepul, shuningdek, ish bilan bandlikni taminlash uchun qoshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha kongilli yoshlarga tolov asosida amalga oshiriladi.

Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

https://forms.gle/9JvxZnMdBJgWASHM6

2. Muhojirlarni o‘qitish

Mehnat muhojirlarni o‘qitish dasturi:

  • Kompyuter savodxonligi
  • IT ingliz tili
  • MS ofis dasturlari bilan professional ishlash.
  • Grafik dizayn
  • Kompyuter grafikasi va animatsiyasi.
  • Axborot xavfsizligi
  • Tizim ma’muriyati
  • Elektron savdo
  • SMM va kopirayting.
  • Biznes tahlillari

Kurslarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://forms.gle/ijYyXrLtEZafQ9KUA

3. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturi

Loyiha Buxoro viloyatining texnologik salohiyatini hamda talim sohasiga yo‘naltirilgan mahalliy startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolga o‘ting: https://clck.ru/V55rq

Ro‘yxatdan o‘tish 2021-yil 15-iyun sanasiga qadar uzaytiriladi.

Dasturning boshlanishi – 21-iyun 2021-yil.

Kursning davomiyligi:

Yoshlar – 3 oy.

Muhojirlar - 4 oy.

Buxoro aholisi, kurslarni ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan birga kelajak kasblarini o‘zlashtirish imkonini boy bermang!

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga bog‘laning: +998 71 209 11 99

Saytga havola: https://bukhara.tech/

 

2021-05-25