Yozni foydali o‘tkazing: Maktab o‘quvchilari uchun eng yaxshi 5 ta IT-dastur

Ta’til — vaqtni behuda sarflash uchun bahona emas! 2025-yilning yozi raqamli ko‘nikmalarni oshirish va kelajak kasblarida o‘zingizni sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir. IT Park rezidentlari maktab o‘quvchilari uchun ta’lim dasturlari va yozgi oromgohlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Farzandlaringiz yozni foydali o‘tkazishiga yordam beradigan barcha ma’lumotlarni bir sharhga jamladik.

Uzcosmos — Space Camp: yulduzlar sari ilk qadamlar

📍 Joylashuv: Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” bolalar oromgohi

📅 Muddat: 2025-yil iyun–avgust

👥 Maqsadli auditoriya: Bolalar va o‘smirlar

Tavsif:

Dastur doirasida bolalar kosmik va muhandislik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtiradilar, o‘zlarining kichik gidroraketalarini yasaydilar va kelajak kasblari haqida birinchi manba “Uzcosmos” mutaxassislaridan bilib oladilar.

🔗 Batafsil: https://gov.uz/oz/yoshlar/news/view/58780

📲 Qo‘shilish: https://t.me/uzkosmos_matbuotkotibi

IT Academy’dan yozgi IT-oromgoh

📍 Toshkent, Sergeli, 6A mavzesi, Toshkent bolalar kutubxonasi binosi

📍 Yunusobod, Shahrisabz ko‘chasi, 7-uy

📅 2025-yilning iyunidan avgust oyigacha butun yoz davomida ikki haftalik dastur

👥 Ishtirokchilar: 8–11 va 12–15 yoshli maktab o‘quvchilari

Tavsif:

“IT Academy” tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yozgi oromgohi dasturi IT-oromgoh, bolalar uchun grafik dizayn va dasturlash kurslarini o‘z ichiga oladi.  Yozda maktab o‘quvchilari “Scratch” tilida dasturlashni, “Unity” yordamida o‘yinlar yaratishni o‘rganadilar, IT orqali ingliz tilini o‘zlashtiradilar, sun’iy intellekt asoslarini egallaydilar. Dastur doirasida muloqot, yetakchilik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun faol jamoaviy o‘yinlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

⏰ Format:

Hafta davomida soat 9:00 dan 12:00 gacha

Yoz oxirida — tayyor loyihalar, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar!

📲 Aloqa uchun: +998 78 113 05 12

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://t.me/It_academy_manager

Xalqaro “IT Step Academy”dan yozgi IT-oromgoh

📍 Toshkent, Istiqbol ko‘chasi, 14

📍 Samarqand, Gagarin ko‘chasi, 36 A

📍 Farg‘ona, Navoiy ko‘chasi, 6-uy

📅 2025-yilning iyunidan avgust oyigacha butun yoz davomida ikki haftalik dastur

👥 Ishtirokchilar: 7–9, 10–12 va 13–15 yoshli maktab o‘quvchilari

Tavsif:

“IT Step Academy” yozgi oromgoh dasturini taklif qiladi. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🎓 Zamonaviy texnologiyalar — bolalar dasturlash, 3D-dizayn, animatsiya, neyron tarmoqlar va VR sohalarini o‘rganadilar.

🎨 Ijodkorlik va amaliyot — o‘yinlar, multfilmlar, 3D modellar va raqamli san’at asarlari yaratish.

👥 Hamfikrlar bilan muloqot va qo‘shma loyihalar.

🔥 Murabbiylar — har bir bolaning iste’dodini yuzaga chiqaradigan tajribali o‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi.

🎯 O‘qish va karyerada yordam beradigan bilimlar.

⏰ Format:

1. Yarim kun — 3,5 soat. 3 soat — ta’limning o‘zi, yarim soat — rivojlantiruvchi o‘yinlar va shirin tamaddilar 🍫.

2. Butun kun davomida — 10:00–17:00. 3 soatlik mashg‘ulotlar, tushlik vaqti, soat 14:00 dan — IT-kompaniyalarga ekskursiyalar, rivojlantiruvchi o‘yinlar, timbildinglar, turli xil mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan faol dam olish.  

Oromgoh yakunida ishlarning taqdimoti o‘tkazilib, o‘quvchilarga sertifikatlar topshiriladi.

📲 Aloqa uchun: +998 90 330 33 43

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://t.me/itstep_tg_manager

Summer Urgut Camp — kelajak uchun foydali yoz

📍 Samarqand viloyati, Urgut tumani

📅 2025-yil iyun – iyul

👥 Ishtirokchilar: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari

Tavsif:

“Innovative RM Group” kompaniyasining bepul ta’lim oromgohi bolalarga robototexnika, IT, rasm chizish, shaxmat, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni taklif etadi. Maqsad — nafaqat ko‘ngil ochish, balki kelajak kasblarini egallashga yordam beradigan asosiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish.

📲 Oromgohning Telegram kanali: https://t.me/urgutcamp

Uzinfocom — IT Village: hududlarda maktab o‘quvchilarini o‘qitish

📍 Joylashuv: Samarqand viloyati, Nurоbod tumani

📅 Muddat: 2025-yil iyun – iyul

👥 Maqsadli auditoriya: 1–9-sinf o‘quvchilari

🛠️ Format: Oflayn (maktablar va IT-markazlar negizida)

📝 Tavsif: 

“IT Village” dasturi hududlardagi o‘smirlarda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida bolalar dasturlash, kiberxavfsizlik va raqamli vositalar bilan ishlash asoslarini o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarni “Uzinfocom” mutaxassislari va taklif etilgan murabbiylar olib boradi.

🔗 https://itvillage.uz/

IT-Yozingizni o‘tkazib yubormang

Ta’tillar – bu nafaqat dam olish, balki yangi bilimlar, qiziqishlar va kashfiyotlar davri hamdirdir. 2025-yilgi yoz — IT sohasida o‘zingizni sinab ko‘rish, yangi do‘stlar orttirish, qiziqarli loyihalarda ishtirok etish va haqiqiy texnologiyalar qanday yaratilishini oo‘rganish uchun ajoyib imkoniyat. IT Park rezidentlari tomonidan taqdim etilgan dasturlar esa kelajak kasbing sari birinchi qadamni qo‘yishga yordam beradi! 

2025-06-16