16–18-may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi va biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. 32-uchrashuvning mavzusi “Yashovchanlikka sarmoya kiritish” boʻldi.
Forum har yili rasmiy insonlar, moliya va biznes sohalari rahbarlari, jahon ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jamlaydi.
Yangi uchrashuvning asosiy tadbirlaridan biri “Raqamli aloqa bilan hamnafas boʻlish” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘ldi, unda spikerlar: YTTB raqamli texnologiyalar bo‘limi rahbari Yatsek Kubash, Mastercard Sharqiy Yevropa boʻlimi prezidenti Yasmin Bedir, HP boshqaruvchi direktori Barnhard Fauzer, Mobicom korporatsiyasi bosh direktori Kodzi Kurushima, IT Park Uzbekistan direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, Yevropa komissiyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Miriam Ferran va boshqalar soʻzga chiqdilar.
Sessiyada raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va Sharqiy Yevropa mintaqasining rivojlanishi bilan bog‘liq turli mavzular muhokama qilindi. Sessiya ishtirokchilari, jumladan spikerlar hamda moderatorlar o‘z hissalarini qo‘shdilar va o‘zlarining ekspert fikrlari bilan boʻlishdilar.
Muhokama qilingan mavzular orasida quyidagilar boʻldi:
Muhokama davomida spikerlar va ishtirokchilar tajriba almashdilar, o‘z tadqiqotlarini taqdim etdilar va Sharqiy Yevropa mintaqasida raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Ushbu tadbir ishtirokchilarga raqamli rivojlanishdagi joriy tendensiyalar hamda muammolarni yaxshiroq tushunish va umumiy maqsadlarga erishish uchun hamkorlik yoʻllarini topish imkonini berdi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, IT Park direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov va HP boshqaruvchi direktori Bernhard Fauzer O‘zbekistonda HP kompaniyasining ofisini ochish, HP LIFE dasturini O‘zbekistonga joriy qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Eslatib oʻtamiz, HP LIFE – global taʼlim dasturi boʻlib, u butun dunyo boʻylab odamlarga yettita tildagi bepul, hamyonbop IT oʻquv kurslari va biznes koʻnikmalariga kirish imkonini berish orqali kelajak koʻnikmalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Bu oʻquv dasturlarini boyitish, biznes yaratishni qoʻllab-quvvatlash va bandlik koʻnikmalarini yaxshilash uchun trenerlar, oʻqituvchilar va mentorlar tomonidan sohada foydalaniladigan moslashuvchan taʼlim resursi.
2023-05-21