Moliyalashtirishning venchur kapital usuli so’nngi yillarda keskin o’zgarishlarga duch keldi. Hozirgi vaqtga kelib venchur kapital to’g’risidagi qonunlarni qabul qilayotgan mamlakatlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.Tabiiyki, kichik korxona va tashkilotlarning an`anaviy moliya manbalariga imkoniyatlari cheklanganligi tufayli ular uchun venchur kapital moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi. IT Parkning venchur fondi iqtidorli yosh tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash va ularning nisbatan yosh bo’lgan biznesini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan moliya manbai bilan ta’minlashni maqsad qilgan. IT Parkning venchur jamg’armasi jamiyatga innovatsion yechim olib keluvchi va mamlakatning eksport salohiyatini oshiruvchi loyihlarini izlamoqda.