Vatanimiz mustaqilligi, uning iqtisodiy qudrati, har jabhadagi kengko‘lamli islohotlarining amalga oshirilishi, xalq farovonligi, iqtisod sohasini raqamlashtirish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amalda joriy etish, maqbul sarmoyaviy muhitni yaratish hamda hududlar infrastrukturasida eksport potensialini rivojlantirish, shahar va qishloqlar ko‘rinishini tubdan o‘zgartirish yo‘lidagi samarali mehnatlari, jamiyat hayotida millatlararo do‘stlik va kelishuvni mustahkamlashda, yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash ruhi bilan tarbiyalashda namunali faoliyat yuritgani, shuningdek ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi IT Park birinchi o‘rinbosari Amir Fazliddinovich Mardiyevni “Faxriy yorliq”, IT Park qoshidagi IT Markazlar rahbari Nodir Turdimurodovich Alibekovni “O‘z kasbining ustasi” faxriy yorliqlari bilan tabrikladi.
Amir Fazliddinovich Mardiyev.
Mana 15 yildirki, axborot texnologiyalari sohasida qattiq mehnat qilib keladi va yurtimizda mazkur soha rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda. Amir Fazliddinovich Mardiyev bir qator obro‘li oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan, chunonchi, 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlab huquqshunos mutaxassisligini egalladi. Bir vaqtning o‘zida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xalqaro iqtisodiy aloqalar” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi.
Amir Fazliddinovich mehnat faoliyatini “O‘zdunrobita” (MTC-O‘zbekiston)da mobil operatori sifatida boshlagan. Keyinchalik, 2013-yildan boshlab Axborot texnologiyalari va aloqalarni rivojlantirish vazirligining turli tashkiliy bo‘limlarida faoliyat yuritgan: axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi, Axborot xavfsizligi sohasidagi favqulotda holatlarga ta’sir etish guruhi rahbari, Axborot xavfsizligi Internet markazi milliy xavfsizlik aloqa segmenti Rahbari.
Amir Fazliddinovich Mardiyevning bevosita ishtiroki bilan, 2013-2020-yillar O‘zbekistonda davom ettirib kelgan faoliyati natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga doir bir qator ishlar amalga oshirildi, xususan:
- Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, loyiha oldi tadqiqotlarini o’tkazish;
- Loyihani qo’llab-quvvatlash: foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona tizimi, idoralararo integratsiya platformasi, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalari va boshqalar;
- Umumiy foydalanishdagi axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqalar.
Bugungi kunda Amir Fazliddinovich Mardiyev IT Park direktorining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Amir Fazliddinovichning mashaqqatli va qimmatli mehnati sharofati bilan, hozirda IT Park sifatli IT ta’lim, katta hajmdagi eksport va boshqa IT sohasiga doir xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qilinayotgan ishlari o‘z samarasini berayotgan 400 dan ortiq rezidentlariga ega.
Nodir Turdimurodovich Alibekov.
Nodir Turdimurodovich Alibekov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan va bundan tashqari magistr darajasiga ega.
Nodir Turdimurodovich mehnat faoliyatini 2006-yili “Unitel” MChJ kompaniyasi mutaxassisi sifatida boshlagan. Keyinchalik u boshqaruv lavozimiga tayinlandi. “Unitel” MCHJ da Nodir Turdimurodovich 2010 yilgacha ishladi va o‘z startapini ishga tushirdi.
2018-yilda o‘z tajribasini amaliy rivojlantirish maqsadida Nodir Turdimurodovich Alibekov “Mirzo Ulugbek Innovation Center” “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha innovatsion markazi direksiyasi” MCHJda startaplarni rivojlantirish bo’yicha menejer sifatida o’z faoliyat yuritdi, so’ngra faoliyatini Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi - IT Parkda davom ettirdi. Nodir Alibekov mazkur lavozimda ekan o‘zining bebaho tajriba hamda bilimlarini o‘z startapini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlar bilan bo‘lishdi.
Axborot texnologiyalari sohasini aholi o‘rtasida keng yoyish, sohada yosh va kuchli kadrlarni yetishtirish - uning startap ekotizimlari rivojiga hissasini qo‘shishdan keyingi orzusi edi. Shu tariqa, u O‘zbekiston Respublikasi viloyat va tumanlarida IT Park tasarrufidagi axborot texnologiyalari bo‘yicha ta’lim beruvchi Markazlarni tashkil etish g‘oyasini amalga tatbiq etishga qaror qildi. Va bugun, Nodir Turdimurodovich Alibekov IT Markazlar direktori hisoblanadi.
Ayni paytda, Nodir Turdimurodovich mehnati va urinishlari natijasi o‘laroq, 47 ta IT Markaz faoliyat yuritmoqda. Yil yakuniga qadar ular soni 84 taga chiqishi kutilmoqda. Bu o‘z navbatida, butun aholi uchun O‘zbekiston Respublikasining istalgan nuqtasidan turib IT sohasining eng dolzarb jabhalari bo‘yicha tahsil olish imkonini taqdim etadi hamda o‘z ichiga kuchli netvorking, tuganmas oqimga ega bilim, yuqori maosh kabilarni olgan IT farovonlikka eltuvchi yo‘ldagi ilk qadam bo‘ladi.
IT Park jamoasi Amir Fazliddinovich Mardiyev va Nodir Turdimurodovich Alibekovlarni muborakbod etadi hamda kasbiy faoliyatlari va hayot yo‘llarida kelgusida ko‘plab yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilaydi!
2020-09-01