2022-yilning 11–13-mart kunlari Astrum IT Academyʼda IT Park, Astrum IT Academy, hamda, VEON group telekommunikatsiya xoldingi, Beeline Uzbekistan va Mountain Dew tomonidan tashkil etilgan Astrumhack xakatoni bo‘lib o‘tdi.
_1647356190.jpg)
Xakatonda 90 dan ortiq jamoani tashkil etgan 600 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ulardan 51 ta loyiha yarim finalga oʻtdi va ulardan 10 tasi esa finalga chiqdi.
_1647356214.jpg)
Ishtirokchilar orasida boʻldilar:
– 10% dizaynerlar;
– 30% menejerlar;
– 60% dasturchilar.
Bundan tashqari, ishtirokchilarning 60% Toshkent shahridan, qolgan 40% esa – boshqa viloyatlardan.
Ishtirokchilarga raqamli mahsulotni yaratish va muammoni hal qilish uchun 7 ta biznes yo'nalishi berildi, xususan:
- sayohat va turizm;
- moliya;
- ekologiya;
- qishloq xoʻjaligi;
- xodimlar bilan ishlash;
- Astrum IT Acafemy tomonidan qoʻshimcha vazifa – talabalarni muvofiqlashtirish.
_1647356237.jpg)
Natijada, hakaton gʻoliblari boʻldilar:
1-o‘rin – “Phoenix” jamoasi “Agro Dash” loyihasi bilan (fermer xoʻjaligining raqamli eko tizimi);
_1647356381.jpg)
2-o‘rin – “Avocados” jamoasi “Where to go!” loyihasi bilan (oflayn oʻyin-kulgilarni qidirish uchun tinder);
_1647356280.jpg)
3-o‘rin – “Sehriyo” jamoasi “Sehriyo Capsule” loyihasi bilan (smartfon bilan birgalikda dori-darmonlarni o‘z vaqtida qabul qilishni unutib qo‘ymaydigan aqlli quti).
_1647356299.jpg)
Xakatonning sovrin jamgʻarmasi 45 million soʻmni tashkil etdi. G‘oliblarga Beeline Uzbekistan’dan uchta Ipad ko‘rinishidagi sovg‘alar ham topshirildi.
_1647356402.jpg)
_1647356436.jpg)
2022-03-15