BPO kompaniyalari vakillari va IT-Park rahbariyati uchrashuvi

2022-yil 7-aprel kuni direktor Farhod Ibragimov boshchiligidagi IT Park Uzbekistan rahbariyati hamda BPO kompaniyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.

Tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda BPOni yanada rivojlantirish, ularning O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi faoliyatini kengaytirishga oid masalalar muhokama markazida bo‘ldi. BPO korxonalari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Yig‘ilishda kompaniyalar duch kelayotgan muammolar, ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga IT Park tomonidan rezidentlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida ham ma’lumot berildi.

Bir qator kompaniyalar internet tarmog‘ini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritib, autsorsing xizmatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

2022-04-08