Demo Dayʼga tayyorgarlik doirasida seminar oʻtkaziladi

16-noyabr kuni umumiy mukofot jamgʻarmasi $1 million boʻlgan “Prezident Tech Award” tanlovida qatnashishni davom etadigan eng yaxshi 50 ta jamoa uchun onlayn seminar boʻlib oʻtadi.

Tadbir “Plug and Play” mutaxassislari bilan birgalikda ishtirokchilarga Demo Day uchun yakuniy taqdimotlar va tushuntirishlarni tayyorlashda yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

“Plug and Play” ekspertlari startap loyihalarni quyidagi 10 mezon boʻyicha baholaydilar:

  • Maqsadli bozor — yoʻnaltirilgan bozor, uning hajmi va oʻsish salohiyatini baholash. Maqsadli auditoriyani aniq belgilashga alohida eʼtibor qaratiladi.
  • Muammo yoki ehtiyoj — taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat hal qiladigan muammo yoki ehtiyojning dolzarbligini aniqlash. Startaplar dolzarb muammolarni hal qilishi yoki mijozlarning muhim ehtiyojlarini qondirishlari kerak.
  • Yechim — mahsulot yoki xizmat: yaxshiroq, tezroq, arzonroq, soddaroq yoki murakkabroq, sifatliroq, samaraliroq, qulayroq, maqsadliroq.
  • Jamoa, direktorlar kengashi, maslahatchilar — Jamoa kompetensiyalari, soha bilimlari, yetakchilik tajribasi va oldingi yutuqlar yoki muvaffaqiyatsizliklar tahlili.
  • Jalb qilish — rejalashtirilgan bosqichlar, MVP yaratish, bozorni tekshirish, muvaffaqiyatning asosiy koʻrsatkichlari, foydalanuvchilar/daromadning oʻsishi.
  • Raqobat va raqobatbardosh ustunliklar — Toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita raqobat, bozorga kirish uchun toʻsiqlar, hamkorlar va investorlarning mavjudligi.
  • Daromad modeli — Aniq daromad modeli, savdo aylanishi, ARPU, mijozlar LTVʼsi, takroriy yoki bir martalik daromad.
  • Strategiya — Asosiy xarajatlar/ vaqtinchalik harakatlar — marketing strategiyasi, CAC, mahsulot/xizmatni taqdim etish narxi, xodimlar narxi, hamkorlik.
  • Moliyaviy prognozlar — mijozlar/birliklar soniga asoslangan mantiqiy, real foyda, loyihaning miqyosi.
  • Umumiy taqdimot/savol-javob — eksportlar taqdimotning ravshanligi, ishonchliligi, ishtiyoqi, shuningdek, savollarga javob berish samaradorligi, fakt va raqamlarni bilish, loyiha taqdimotining adolatliligi va jozibadorligini baholaydilar.

Har bir mezon besh balli shkala boʻyicha baholanadi.

24-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan tadbirning yakuniy kunida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirish talab qilinadi: https://forms.gle/5YUgqszF3nrUbKGi9

2023-11-16