Yaqinda biz mGovAward loyihasi doirasida yangi rubrikani ishga tushirdik, unda biz boshqa mamlakatlarning yutuqli startaplari haqida etib oʻtgan edik.
Endi biz Raditya Maulana Rusdi va Andre Hutagalung tomonidan 2016-yilda tashkil etilgan Indoneziyaning Qlue Performa kompaniyasi haqida gaplashamiz.
Qlue Performa - bu ijtimoiy media paneli boʻlgan ilova boʻlib, u fuqarolarga koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan shahar bilan bogʻliq har qanday ishni yuborish imkonini beradi. Keyin ish muammoni hal qilish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organga yuboriladi. Ilova shaffof bo‘lib, fuqarolarga javoblarni kuzatish va real vaqt rejimida holat haqida xabar berish imkonini beradi.
Taʼkidlash joizki, Qlue Performa ilovasi shahar maʼmurlari va xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga suv toshqini, jinoyatchilik, yong'inlar, noqonuniy chiqindixonalar va boshqalarni kuzatish va ularga qarshi kurashish imkonini beruvchi shahar boshqaruv panelini oʻz ichiga oladi. Ilova real vaqt rejimida energiya sarfi va tirbandlikni kuzatib boradi.
Qlue Performa kompaniyasi Indoneziyada birinchi aqlli shahar kontseptsiyasini amalga oshirish uchun Jakarta hukumati bilan ishlamoqda. Jakarta hukumati bilan 4 yillik hamkorlikda viloyat va uning aholisi sezilarli natijalarga erishdi, masalan: suv toshqini ehtimolini 94 % ga qisqartirish, hukumat faoliyatini 61,4 % ga yaxshilash va aholining hukumatga ishonchini 47 % ga oshirish. Ushbu yutuqlar natijasida Qlue koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan: Startup World Cup finalchilari, Supporter of SDGs No.16 by JCIM, Global Smart City Contest winner by World Smart City Organization in London, va Dubaydagi The Best M-Government Service Award from the World Government Summit (2019).
Bugungi kunda Qlue Performaʼga hukumat, tabiiy ofatlarga yordam koʻrsatish tashkilotlari, sunʼiy yoʻldosh shaharlar, turli sohalardagi kompaniyalar, Indoneziyadagi xususiy kompaniyalar va davlat idoralarining 50 dan ortiq mijozlari ishonadi.
2022-01-27