EPAM Systems bilan hamkorlikning yangi istiqbollari

Joriy yilning 4-7-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi vazir Sherzod Shermatov boshchiligida IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov bilan birgalikda Amerika qo'shma shtatlariga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrifdan kozlangan maqsad xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb etish, IT eksportini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va o‘zbek kompaniyalarining xorijiy bozorlarga kengayishini faol qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tashrif doirasida delegatsiya 5-mart kuni EPAM Systems texnologiya yechimlari boyicha vitse-prezidenti Kris Layer, davlat sektori bo‘yicha vitse-prezident Anna Danegger va raqamli aloqalar bo‘yicha katta direktor Liza Butcher bilan uchrashdi.

EPAM dunyodagi eng yirik IT ta’lim kompaniyasi ekanligini hisobga olib, vazir kompaniya vakillarini O'zbekistonda ta’lim faoliyatini kengaytirishga taklif qildi. Kelgusi yilda mamlakatimizga zarur bolgan 65 ming IT-mutaxassisni tayyorlash maqsadiga erishishda kompaniyaning hissasi zarurligini ta’kidladi. Xususan, sun’iy intellektga ixtisoslashgan yo'nalishlarda kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. EPAM vakillari ommabop ta'lim kurslarini tashkil qilishda kompaniya oz mutaxassislarini jalb qilish uchun zarur salohiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Mazkur loyiha uchun Jahon banki va XVF tomonidan moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

EPAM elektron hukumat sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega ekanligini hisobga olib, vazir O'zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish boyicha mutaxassislar markazini tashkil etish goyasini taklif qildi. Gap keyinchalik boshqa mamlakatlarga eksport qilish uchun elektron hukumat loyihalariga tatbiq etish uchun mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish laboratoriyasini O'zbekistonda tashkil qilish haqida ketdi.

Uchrashuv yakunida EPAM vakillari taklif qilingan goyalarni kompaniyaning yuqori rahbariyati bilan vaqt oraligi va ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni batafsilroq baholash boyicha muhokama qilishlarini ta’kidladilar. Keyingi uchrashuvlarni har ikki tomonning tegishli ishchi guruhlarida muhokama qilishga kelishib olindi.

1993-yilda tashkil etilgan EPAM Systems bugungi kunda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida oz xizmatlarini faol ravishda taqdim etmoqda, ularning soni 52 650 dan ortiq va kapitallashuvi 28,1 milliard dollarni tashkil etadi. U bir necha bor eng tez rivojlanayotgan Forbes va Fortune texnologik kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Kompaniya Ozbekistonda o'z faoliyatini 2019-yilda boshlagan va hozirda IT parkning yetakchi rezidentlaridan biri hisoblanadi. U tashqi bozorlar uchun yuqori texnologiyali dasturiy ta’minotni ishlab chiqish xizmatlarini taqdim etadi. Epam Systems bilan hamkorlikda O'zbekistonda IT sohasidagi amaliy bilimlarga e’tibor qaratadigan birinchi onlayn IT Park universiteti ishga tushirildi.

2024-03-06