Farg‘ona viloyatidagi IT-Markazlari menejerlari uchun ikki kunlik trening

2022-yilning 15-16-fevral kunlari Farg‘ona viloyatidagi IT-Markazlari xodimlari uchun treninglar va ekskursiyalar o‘tkazildi, unda 22 nafar xodimlar, jumladan, filiallar direktorlari va menejerlari ishtirok etdilar.

Birinchi kun ishtirokchilarga xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi. Shundan so‘ng IT Park Toshkent filiali direktori Sherzod Abdurahmonov so‘zga chiqib, IT-Markazlarda talabalar sonini ko‘paytirish va davlat xizmatchilarining malakasini oshirishga qanday jalb qilish haqida gapirdi. Raqamli ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Humoyun Sultonov u bilan taqdimot o‘tkazdi va ishtirokchilarni IT Park faoliyati va loyihalari bilan tanishtirdi.

Qolaversa, IT Park HR-menejeri “Yetakchi sifatlarini oshirish va jamoa samaradorligiga erishish” mavzusida seminar o‘tkazdi.  Menejerlar Azizbek Jurayev va Xusniddin Ochilov esa IT-English va IT-Matematika fanlaridan dars oʻtishdi.

Ikkinchi kun ekskursiyaga bag‘ishlandi, uning davomida IT-Markazlari filiallari xodimlari Astrum IT-Akademiyasiga tashrif buyurishdi va ular akademiyadagi tadbirlar va o‘quv mashg‘ulotlari haqida batafsil ma’lumot olishdi.  Ishtirokchilar Toshkent shahridagi IT Park markaziy ofisida va Inha universitetida ham bo‘ldi.



 Kun yakunida ishtirokchilar IT Park rezidentlari, “United IT Company” va “IT Academy” kompaniyalariga tashrif buyurishdi.

 Eslatib oʻtamiz, ushbu treninglardan koʻzlangan asosiy maqsad menejerlar faoliyati samaradorligini oshirish va IT-Markazlar faoliyatini takomillashtirishdan iborat. Ishonchimiz komilki, oʻtkazilgan treninglar xodimlarga tajriba va bilim almashish imkonini berdi, hamda, ularni yangi maqsadlarga erishishga undadi.

2022-02-21