Gruziyada Oʻzbekiston delegatsiyasi investitsion IT salohiyatini namoyish etdi

Joriy yilning 17-iyul kuni Gruziya davlat korxonasi Enterprise Georgia agentligi bosh direktori Mixail Kxidureli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari – Pekos Oleg Andreevich, "UZINFOCOM" Yagona integratori bosh direktori oʻrinbosari – Anvar Mansurov, IT Park'ning eksport boʻlimi bosh menejeri – Farruh Erkinov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida "Enterprise Georgia" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, mehmonlarga O‘zbekiston IT-bozorining eksport va investitsion salohiyati taqdim etildi.

"Enterprise Georgia" kompaniyasi "Invest in Georgia" loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha taniqli inflyuenserlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari va boshqalarni  yollash orqali Gruziyaga investitsiyalarni samarali jalb qilishni ta’minlash imkonini beradi.

IT Park Enterprise Georgia'dan investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari sohasida, xususan, "Concentrix", "Evolution Gaming", "Asseco" va "Majorel" kabi BPO kompaniyalarini jalb qilishda o‘rganishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiy siyosat, eksportni rag‘batlantirish va biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari nuqtai nazaridan strategiyalar bilan tanishish imkoniyatlariga ega bo'ladi.

Muhokamalar natijasida tomonlar joriy yilning sentabr oyida Enterprise Georgia kompaniyasining tashrifi bo‘yicha kelishib oldilar.

Enterprise Georgia – Gruziya Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi davlat agentligi boʻlib, biznesni qoʻllab-quvvatlash, eksportni ragʻbatlantirish va investitsiyalar uchun masʼuldir. Tashkilot Gruziyadagi investitsion imkoniyatlarni, jumladan, mamlakatning iqtisodiy siyosati, bozorga kirish va sarmoyaviy muhitni rivojlantiradi.

2023-07-18