“Hack4Region” yoshlar uchun moʻljallangan xakaton yakunlandi

28–29-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida startapga qiziquvchi yoshlar uchun “Hack4Region” xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir IT Park tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi OTMʼlari hamkorligida tashkil etildi.

Hack4Region – bu xakaton, unda ishtirokchilarga jamiyatdagi muayyan muammoni hal qiluvchi mahsulotni ishlab chiqish uchun 2 kun vaqt beriladi. 

Maxsus taklif etilgan ekspert va murabbiylar loyiha prototipini samarali va tez amalga oshirishni ko‘rsatib, ishtirokchilarga yordam berishdi.

Xakaton yakunlariga koʻra, ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini jamoatchilik va hakamlar hay’ati e’tiborida taqdim etdilar. Tanlovda qatnashish uchun jami 174 ta ariza topshirildi.

Quyidagi jamoalar texnika koʻrinishidagi qimmatbaho sovrinlar gʻoliblari va egalari bo‘ldilar:

1-o‘rin – “Virtual o‘simlik” jamoasi (Qishloq xo‘jaligi ekinlarini diagnostika qilish va DNK-tahlillari asosida abiotik va biotik omillar asosida kasalliklar prognozini monitoring qilish loyihasi. Oziq-ovqat mahsulotlarida genetik modifikatsiyalangan tarkibiy qismlar mavjudligini aniqlash);

2-o‘rin – “Feniks” jamoasi (abituriyentlar va talabalar uchun mo‘ljallangan loyiha. Maqsad – o‘quv markazlarini bir platformada birlashtirish, bu orqali talabalar o‘quv markazlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin (manzil, dars jadvali, reyting, darslardan qisqa videolar, kurslar uchun narxlar, oʻqituvchilar haqida qisqacha maʼlumot va boshqalar));

3-o‘rin – “Intellekt UZ” jamoasi (loyiha iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Bu ilmiy yo‘nalish tanlashni osonlashtiradi, hamda, vaqtni tejaydi va hatto korruptsiyaga yoʻq qiladi).

2022-05-02