Hokimiyatlarning mansabdor shaxslari IT-Parkga rashruf buyurishdi

Joriy yilning 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, tuman va shahar hokimlari ishtirokida toifalarni oshirish boʻyicha oʻquv-seminari davom ettirildi.

Seminar doirasida mansabdor shaxslar IT-Parkga tashrif buyurishdi va u yerda masʼul xodimlar tomonidan ekskursiya va taqdimot oʻtkazildi va mehmonlar tashkilotning jadal rivojlanayotgan faoliyati bilan tanishtirildi.

Ayniqsa, mamlakatimizning oltita mintaqasida – Samarqand, Buxoro, Urganch, Namangan, Guliston, Nukus shaharlarida IT-Parkning filiallari qurilayotgani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, bugun, 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va vazirlikning quyi tashkilotlari vakillari oʻrtasida IT-Park direktori Farxod Ibragimov ishtirok etgan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda vazir maʼruza qildi va oʻzaro hamkorlikning keyingi yoʻllari haqida gapirib oʻtdi, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida mintaqaviy rivojlanish zarurati borligini taʼkib oʻtdi.

Xususan, u mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentdagi 2019-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakunlari va 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan murojaatiga alohida eʼtibor qaratdi.

Oʻquv seminarida mahalliy hokimliklarning raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni inson faoliyatining barcha sohalariga keng joriy etish, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini avtomatlashtirish boʻyicha dolzarb vazifalarga urgʻu berdi.

2020-02-04