IT aloqalarini mustahkamlash: IT Park Uzbekistan “KoBiz Alliance” bilan uchrashuv o‘tkazdi

IT Park Uzbekistan yaqinda “KoBiz Alliance Co., Ltd.”, “Siha CNC Co., Ltd” va Janubiy Koreyaning Akita universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad hamkorlik imkoniyatlari va Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli rejalarni oʻrganishdan iborat edi.

“BizData” avtonom operatsion tizimlar (AOS) sohasidagi xizmatlarga ixtisoslashgan va avtonom operatsion xizmatlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni hisoblash, sunʼiy intellekt va interfeys texnologiyalari boʻyicha asosiy koʻnikmalarga ega kompaniya hisoblanadi. Ushbu texnologiyalarga tayanib, kompaniya avtonom operatsiyalar uchun zarur boʻlgan xizmatlarni, jumladan, maʼlumotlardan foydalangan holda platformalar yaratish, maʼlumotlarni tahlil qilish va sunʼiy intellekt yechimlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, “BizData” — 10 million dollarlik investitsiya portfeliga ega kompaniya bu yil Oʻzbekistonda oʻzining “KoBiz” nomli korxonasini ochdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor IT Park tomonidan koʻrsatilayotgan imkoniyatlar va xizmatlar taqdimotiga, shuningdek, “KoBiz Alliance” kompaniyasining Oʻzbekistondagi kelgusi strategik rejalariga qaratildi. Ishtirokchilar IT Park va “KoBiz Alliance” oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, avtonom operatsion tizimlar, maʼlumotlarni hisoblash va sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratishdi. “KoBiz Alliance” kompaniyasi IT Park rezidentiga aylandi va Oʻzbekistonlik mutaxassislarni ishga jalb etish hamda oʻz jarayonlarini autsorsing qilishni rejalashtirmoqda.

Xususan, kompaniya O‘zbekistonda Turin universitetida fakultet ochishni rejalashtirmoqda, u 2024-yil sentabr oyida Koreya IT-assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda Koreyada talab yuqori bo‘lgan IT-dasturlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, “KoBiz Alliance” kompaniyasi joriy yilning sentabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan “ICT WEEK” tadbirida ishtirok etish uchun 30 ta IT-kompaniyani jalb etish niyatini bildirdi. Bu yil universitet 900 nafar talabani qabul qilishni va kelgusida Koreya kompaniyalarining yuqori autsorsing talablariga javob beradigan 30 000 nafar IT-mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan. “KoBiz Alliance” kompaniyasiga “Zero Risk” dasturida ishtirok etish va koreys tilida soʻzlashuvchi aholi soni koʻp boʻlgan Fargʻona vodiysida navbatdagi ofisni ochish masalasini koʻrib chiqish taklifi berildi.

Uchrashuv ijobiy natija bilan yakunlandi, ikkala tomon ham oʻzlarining kelgusi rejalarini tasdiqladilar. “KoBiz Alliance” kompaniyasining IT Parkʼdan Markaziy Osiyodagi faoliyati uchun markaz sifatida foydalanishga boʻlgan qiziqishi Oʻzbekistonning IT-landshaftini yaxshilash yoʻlidagi istiqbolli qadam hisoblanadi. Mazkur hamkorlik Oʻzbekiston va uning xalqaro hamkorlariga foyda keltirgan holda innovatsiyalarni ragʻbatlantirishi hamda IT-sohasidagi sezilarli oʻsish uchun turtki boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.

Mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali IT Park Uzbekistan mamlakatning mintaqadagi yetakchi IT-hab va autsorsing yo‘nalishiga aylanishi uchun zamin yaratishda davom etmoqda.

 

 

2024-06-11