USAIDʼning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha loyihasi IT-Park bilan birgalikda bolgariyalik mutaxassis Ivaylo Georgiyevning 2020-yil 20-mart kuni online boʻlib oʻtadigan “IT-loyihalarni boshqarish va qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi master-klassiga tashkilotchilik qiladi.
Ivaylo Georgiyev – Kanban Universityʼda akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchi, Markaziy va Sharqiy Yevropa dasturiy taʼminotining Yevropa institutida dastur rahbari, AgileDigm Inc. kompaniyasida SCRUM boʻyicha sertifikatga ega murabbiy va Agendashiftning hamkori. Ivaylo jarayonlarni takomillashtirish va strategik boshqaruv sohasida 15 yildan ortiq muvaffaqiyatli tajribaga ega. U banklarda (masalan, Bolgariyaning Raiffeisenbanki, Ukrainaning Milliy banki, Gruziya banki), Fintech (Likke, SmartIT) va dasturiy taʼminot ishlab chiquvchi kompaniyalar (Software AG, Nemetschek)da moslashuvchan transformatsiya, jarayonlarni takomillashtirish va biznes strategiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq treninglar, kouchinglar va baholash xizmatlarini koʻrsatib kelgan.
Online master-klass bir nechta muhim masalalarga bagʻishlanadi:
Bundan tashqari, Ivaylo turli xil modellar va freymvorklar – Scrumʼdan tortib PMBOKʼgacha juda koʻp narsalar haqida gapirib beradi. Agar siz: Product/project menejeri, IT-kompaniyalari asoschisi yoki direktori boʻlsangiz, bu siz uchun qiziqarli boʻladi. Joylar soni cheklangan.
Online master-klass ingliz tilida rus tiliga tarjima qilingan holda oʻtkaziladi.
Master-klass formati: maʼruza va savol-javoblar sessiyasi.
Oʻtkazilish sanasi: 2020-yil 20-mart.
Oʻtkazilish vaqti: 10:00
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/nc8zZHBag4pSAGU8A
Eslatib oʻtamiz, USAIDʼning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha loyihasi Markaziy Osiyoda, shu jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan. Loyiha haqidagi batafsil maʼlumotlarni siz mana bu yerda topishingiz mumkin: https://www.facebook.com/FGICentralAsia/
IT Park – bu innovatsiyalar va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni rivojlantirish, ularni ichki va jahon bozorlarida ilgari surish uchun jahon darajasidagi zamonaviy ish muhitini yaratuvchi tashkilot. U Oʻzbekistondagi innovatsion madaniyat va tadbirkorlik muhitini taʼminlaydi. Yanada batafsil maʼlumotni mana bu yerda topishingiz mumkin:
Facebook: https://www.facebook.com/itparkuzb
Instagram: https://instagram.com/itpark_uz
Telegram: https://t.me/itpark_uz
2020-03-13