2021-yil 3-avgustdan 5-avgustgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Ishlar Departamenti (BMT DESA), Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirligi “Zerde” milliy infokommunikatsiya holding kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar, raqamli hukumat va davlat xizmatlarini ko‘rsatish” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar 2020 yilgi elektron hukumat natijalari asosida ishtirokchi mamlakatlarni raqamli transformasiya imkoniyatlarini baholash, milliy strategiya va rejalarni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsiya va raqamli hukumat sohasidagi yangi kontseptsiya, vosita va yondashuvlarni o‘rganish, innovatsion, inklyuziv va samarali davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish uchun tashkil etildi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, IT park’ning xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bohodir Ayupov, shuningdek, xalqaro ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilar BMT’ning elektron hukumati tadqiqot metodologiyasi, dizayn fikirlashni (design thinking) qo‘llab-quvvatlaydigan yangi yondashuvlar va institutsional tuzilmalar, innovatsion laboratoriyalar va normativ “qum qutilari” (sandbox), shuningdek, raqamli hukumat qanday qilib hukumatning mahalliy va mintaqaviy darajalarida raqamli imkoniyatlarni kengaytirish va jiddiy transformasiyalash mumkinligini muhokama qildilar.
IT park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi raqamli transformatsiya haqida umumiy ma’lumot berdi. Shuningdek, Bohodir Ayupov o‘z nutqi davomida davlat tomonidan yoshlar va keng aholi o‘rtasida IT salohiyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida raqamli transformasiya uchun zarur bo‘lgan IT mutaxassislari ko‘rinishida kuchli poydevor yaratish bo‘yicha qilinayotgan barcha choralarga alohida e’tibor qaratdi.
Natijada, onlayn seminar ishtirokchilari bir-birlari bilan muloqot qila olishdi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishdi.
Seminarga havola: https://www.youtube.com/watch?v=UmFegEJLAwY
2021-08-06