2020-yil, 18-aprel kuni soat 15:00 da, “Covid-19 Challenge 2020” tanlovining potensial ishtirokchilari uchun: “COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashuvchi raqamli yechimlar tahlili va Oʻzbekistondagi muammoli jabhalar” va “COVID-19 bilan kurashda yuzaga keladigan texnologik muammolar va ularning yechimlari” mavzularida onlayn vebinarlar boʻlib oʻtadi
Spikerlar: bizning hamyurtlarimiz - Saida Yusupova, “Green Business Innovation” konsalting kompaniyasi va "Tech4Impact" NNT direktori, hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti professori, "King's College London" aspiranturasi bitiruvchisi Sarvar Abdullayev.
Birinchi boʻlib vebinar ishtirokchilari quyidagi mavzuga bag‘ishlangan Saida Yusupovaning maʼruzasi bilan tanishadilar: “COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashuvchi raqamli yechimlar tahlili va Oʻzbekistondagi muammoli jabhalar”
Nutq paytida muhokama etiladigan bir qator masalalar:
Qamrab olinadigan mavzular:
Nutqlar davomiyligi:
Saida Yusupova nutqi 55 daqiqa davom etadi.
Bizning ekspertlar haqida batafsil maʼlumot:
Saida Yusupova - “Green Business Innovation” konsalting kompaniyasi va "Tech4Impact" NNT direktori, xalqaro Techonvation va “yashil” startaplarga oid yirik xalqaro Climate LaunchPad tanlovlari vakili, CAT ilmiy akseleratori mentori va eksperti, Webster universiteti oʻqituvchisi, Jahon banki konsultanti.
Savar Abdullayev - "Kingʼs College London" aspiranturasi bitiruvchisi. Multi-agent tizimlar sohasida dissertatsiya himoya qilgan, sunʼiy intellekt boʻyicha nufuzli ECAI, EUMAS, AAMAS va boshqa xalqaro konferensiyalarda bir nechta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
TechCrunch Disrupt Hackathon - 2014, ACM ICPC - 2005 и Microsoft Imagine Cup - 2005 kabi xalqaro tanlovlar gʻolibi va finalchisi. 2018-yilda BMTTDning fermer xoʻjaliklarda kasalliklar va zararkunandalarning tarqalishiga oid erta ogohlantirish tizimini ishlab chiqish loyihasini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Hozirda Oʻzbekistondagi BMTTD koʻmagida fermerlik uchastkalarida kasallik va zararkunandalarning shakllanishini prognoz qiladigan avtonom tizimni yaratish ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, muntazam ravishda Oʻzbekistonda Open Data Challenge Hackathon tadbirini oʻtkazishda tahkilotchi, trener va mentor sifatida qatnashib keladi. Xususiy xorij kompaniyasi uchun dasturiy taʼminotlar ishlab chiqish boʻyicha 15 yillik tajribaga ega.
Vebinar Zoom veb-ilovasi orqali onlayn rejimda boʻlib oʻtadi.
Sizdan talab etiladigan yagona narsa - pochtangizga kelgan havola boʻyicha tayinlangan kun va vaqtda vebinarga oʻtish, ilova oʻrnatilishiga rozilik berish (agar oldin oʻrnatilmagan boʻlsa) va joriy sessiyaga qoʻshilish.
Vebinar tili: ruscha
Sana: 2020-yil, 18-aprel
Oʻtkazish vaqti: 15:00 - Toshkent vaqti boʻyicha
Onlayn vebinarga roʻyxatdan oʻtish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe_QyRHaxAe-QzYUyD2fFQ4pAzHClQXHJHEPt9Zh5sINfV86g/viewform
Eslatib oʻtamiz, “COVID-19 Challenge 2020” – bu koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlarga doir onlayn tanlov boʻlib, unda Oʻzbekiston boʻylab innovatorlar COVID-19 pandemiyasi ta'sir ko'rsatgan kishilarga yordam berish uchun bilim, texnologiyava tadbirkorlik koʻnikmalarini birlashtirgan holda hamkorlik qilishlari va innovatsiyalar yaratishlari mumkin.
Tanlov haqida batafsil maʼlumot: http://covid-19challenge.it-park.uz/
Tanlovga roʻyxatdan oʻtish: https://cutt.ly/Mt0XSZW
2020-04-22