2021-yilning 12 va 13-noyabr kunlari IT Park’ning Toshkentdagi filialida respublika bo‘ylab hududiy IT markazlari rahbarlari uchun trening bo‘lib o‘tdi.
Treningning asosiy maqsadi IT Markazlar rahbarlarining ish samaradorligini oshirish, ishni yaxshilash bo‘yicha yangi yechimlar bilan bo‘lishish va yangi imkoniyatlar bilan tanishishdir.
IT Park direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Jahongir Rajabov, Rezidentlarni ro‘yxatga olish va monitoring departamenti boshlig‘i Lazizbek Xudayev va IT Park’ning HR jamoasi spikerlar boʻlishdi.
IT Parkning hududiy xodimlari bilan uchrashuvda samarali biznes aloqasi, mehnat motivatsiyasi, vaqtni boshqarish, shuningdek, startap loyihalarini ishlab chiqish va yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish kabi mavzularda ma’rifiy treninglar o‘tkazildi.
Tadbir oxirida hududiy menejerlar yirik IT kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib,tajriba almashish imkoniyatga ega bo‘lishlari uchun IT Park rezident kompaniyalari: “EPAM SYSTEMS”, “NEXT DECADE” va “REVOTECH”ga tashrif buyurildi.
Seminar yakunida treningning barcha ishtirokchilari uchun kechki ovqat tashkil etildi.
2021-11-15