IT Park’da startaplar va startap ekosistemasi vakillarining Olimjon Umarov hamda Oleg Pekos bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2020-yilning 17-iyun kuni IT Parkda O‘zbekistonning yetakchi tadbirkor va it-mutaxassislari hamda O‘zbekiston Bosh vaziri maslahatchisi – Olimjon Umarov va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad startaplarlarning muammoli sektorlari va startap ekosistemasi masalalarini muhokama qilish, O‘zbekistonda IT yo‘nalishini rivojlantirish yo‘lida ularning turli yechimlarini izlab chiqish bo‘ldi.

Uchrashuvda ishtirok etgan startaplar:

«

“Clobus.net”. Loyiha kompaniyalar boshqaruvi uchun bulutli CRM tizimlari yaratish bilan shug‘ullanadi.

Ish vaqti hisobini, xodimlar boshqaruv tizimini yuritish va kompaniya hamda xodimlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek savdo nuqtalariga tashrif buyuruvchi mijozlar monitoringi bilan shug‘ullanuvchi Verifix, Green White solutions kompaniyasi.

MedPlus. Uyingizga yaqin masofada bo‘lgan yaxshi vrachlarni izlash va qabulga yozilishda chegirmalar olish imkonini beruvchi servis.

Prep.uz – talabalarga yetarli darajada arzon narxlarda professional video kurslarni taklif qiluvchi veb platforma.

BILLZ. Kompaniya doimo yuqori darajada qolishiga ko‘maklashish yo‘lida savdo nuqtalariga har kunlik jarayonlarni soddalashtirish texnologiyalari, shuningdek mijozlar bilan ishlash vositalari va aqlli tahlil yordamida vaqt va pulni tejagan holda maksimal effektivlikka erishishga yordam beradi.

Fastago. Riteyler va yetkazib beruvchilar o‘zaro aloqa qilishini avtomatlashtirish xizmati. API yetkazib beruvchi provayderlarga tarmoqqa ulanish imkonini yaratib, yetkazib berishni arzonlashtirish, oddiy va shaffof qilish imkonini beradi.

Shuningdek, PROON vakillari, tashabbuskor startap loyihalar, O‘zbekiston venchur investitsiyalari assotsatsiyasi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha IT Park startaplari va rezidentlarining muammoli savollari muhokama qilindi, shuningdek ushbu muammolarni yechish va yurtimiz  IT-sohasi sifatini yaxshilash yo‘lida vektor yo‘nalish belgilab olindi.

Bu kabi uchrashuvlar O‘zbekistonda startap-ekosistemani rivojlantirishda juda muhim ro‘l o‘ynaydi va ham boshlang‘ich, ham ancha tajribali tadbirkorlar o‘z muammolarini effektiv tarzda hal qilishlariga imkon beradi.

 

​​​​​​​

O‘zbekistonda IT rivoji va tadbirkorlik faoliyati darajasi yaxshilanishi yo‘lida IT Park IT sohasidagi davlat vakillari bilan birgalikda IT Park rezidentlari va startaplari bilan doimo ochiq muloqot qilishga tayyor.

2020-06-19