IT Park davlat xizmatchilari uchun ochiq ma‘lumotlar bo‘yicha kurslar o‘tkazdi

Joriy yilning 10-25-avgust kunlari IT Park O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Loyihalarni boshqarish markazi bilan birgalikda Prezidentning “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash va mamlakatning strategik salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida ochiq ma‘lumotlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha kurslar o‘tkazdi.

127 vazirlik va quyi tashkilotlardan 232 nafar xodimlar videokonferensaloqa orqali masofadan turib o‘tkazilgan o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Vebinar va seminarlarning asosiy maqsadi - ochiq ma’lumotlar, uning ahamiyati, undan foydalanishning zaruriyati va foydalari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish.

Birinchidan, ochiq ma’lumotlar - bu davlat organlari va davlat hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi to‘liq ma‘lumot va Internetda ko‘p, bepul va tekin foydalanish maqsadida joylashtirilgan ma’lumotlar.

O‘zbekistonda foydalanuvchilarga Internetda kerakli ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydigan va o‘z vaqtida teskari aloqa beradigan Ochiq ma’lumotlar portali mavjud. Portalda e’lon qilingan barcha ma’lumotlar vazirliklar va quyi tashkilotlarning mavjud elektron platformalari bilan birlashtirilgan. Bu shuni anglatadiki, ochiq ma’lumotlar yordamida foydalanuvchilar turli xil biznes muammolarini amalga oshirishda samarali iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar Portaliga havola - https://data.gov.uz/

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatini nazorat qilish va kuzatish qobiliyati orqali fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirish uchun ochiq ma’lumotlarni ishlab chiqish va uning shaffofligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu harakatlar, shuningdek, fuqarolarning vazirliklar va quyi tashkilotlarga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishni ta’minlaydi, shuningdek, davlat idoralari o‘rtasida sifatli ma’lumot almashish imkoniyatlarini kengaytiradi.

O‘quv kurslari tugashiga, vebinar tashkilotchilari davlat xizmatchilari malakasini oshirish va ularning ochiq ma’lumotlar sohasidagi bilimlarini oshirish bo‘yicha keyingi ishlarni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqdilar.

2021-09-08