IT-Park: “Global Money Week” onlayn-vebinari

Agar sizning karantin vaqtida qiladigan biror ishingiz boʻlmasa, unda bu biz barcha xohlovchilar uchun oʻtkazadigan onlayn-vebinarda ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatdir!

Yaqinda boʻladigan vebinar barcha xohlovchilar uchun moʻljallangan. Maʼruza raqamli koʻnikmalarni oʻrganish va kredit-moliya muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish nuqtai nazaridan foydali boʻladi.

Aksariyat moliyaviy institutlar naqd pulsiz muhitga intilayotganiga qaramay, aholi hali ham bunday kanallarni qabul qilish kerakmi yoki naqd puldan foydalanishni davom ettirish kerakmi degan fikrlar borasida ikkilanmoqda. Odamlar raqamli kanallardan foydalanish qulaylik va sezilarli darajada foydalilikkga erishishga olib keladimi yoki qoʻshimcha xarajatlar va xavfsizlik borasida nomaʼlum tavakkalchilikka olib keladimi degan oʻyda xavotirga tushmoqda.

Vebinar davomida biz raqamli moliyaviy savodxonlikning quyidagi jihatlarini muhokama qilamiz.

  1. Elektron va raqamli moliyaviy xizmatlarni (ERMX) ilgari surishdagi qiyinchiliklar;
  2. ERMXʼdan foydalanishning afzalliklari;
  3. ERMXʼning turli xil mahsulotlari va kanallari oʻrtasidagi farqlar.

Vebinarda quyidagi maʼruzachilar soʻzga chiqadilar:

Checheybayeva Diana – Ozarbayjon va Markaziy Osiyoda IFCʼning elektron va raqamli moliyaviy xizmatlari loyihasining maslahatchisi. Diana soʻnggi 5 yil davomida Jahon banki guruhi tizimida ishlab kelmoqda. U Ozarbayjon va Markaziy Osiyoda moliyaviy infratuzilma va kredit hisoboti tizimini rivojlantirish loyihasida faol ish olib borgan va 2019-yildan boshlab raqamli moliyaviy xizmatlar boʻyicha loyiha jamoasiga qoʻshildi. IFCʼdan oldin, Diana Qirgʻiziston Respublikasi Milliy bankida ishlagan. Diana A. Miskevich nomidagi davlat universitetining iqtisodiyot boʻyicha magistr darajasiga ega (Polsha, Poznan sh.).

Ulan Aytakunov – Ozarbayjon va Markaziy Osiyoda IFCʼning elektron va raqamli moliyaviy xizmatlari loyihasi maslahatchisi. Ulan 2018-yildan beri Jahon banki guruhi tizimida ishlab kelmoqda. U bank sohasida ish tajribasiga ega boʻlib, ilgari Qirgʻizistondagi tijorat banklaridan birida Boshqaruv Raisining oʻrinbosari, Direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan. 2011-2012 yillarda u YeTTBʼning MDH davlatlaridagi moliyaviy qamrab olish loyihasi boʻyicha maslahatchi sifatida ishlagan. Shuningdek, Ulan iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha maxsus huquqni muhofaza qilish organida amaliy ish tajribasiga ega boʻlib, u bir qator xususiy kompaniyalarga iqtisodiy va korporativ xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha rahbarlik qilgan.

Vebinar Zoom veb-ilovasi orqali onlayn tartibda oʻtkaziladi.

Siz qilishingiz kerak boʻlgan narsa – belgilangan kun va vaqtda vebinar havolasiga oʻtish, dasturni oʻrnatishga rozilik berish (agar u hali oʻrnatilmagan boʻlsa) va joriy sessiyaga qoʻshilish.

Vebinar rus tilida oʻtkaziladi.

Oʻtkazilish sanasi va vaqti: 2020-yil 26-mart, soat 16:00 da

Vebinarga havola: https://zoom.us/j/384740794

2020-03-21