IT-Park koʻmagida Al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi ochilishi boʻlib oʻtdi

2019-yil 27-dekabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi farmoniga binoan Toshkent shahrida tashkil etilgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishidagi fanlarini chuqur oʻrganishga ixtisoslashgan.

Davlat rahbari sinf xonalarida yaratilgan shart-sharoitlar, ularning jihozlanishi bilan tanishdi, oʻqituvchilar va oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

- Butun dunyoda hali hanuz Al-Xorazmiy bobomizga qoyil qolishadi. U tomonidan ishlab chiqilgan algoritm zamonaviy texnologiyalar, dasturiy mahsulotlarning asosi hisoblanadi. Sizlar bundan faxrlanishingiz, tirishqoqlik bilan oʻqishingiz va doimo buyuk bobomiz kabi izlanishda boʻlishingiz kerak, – dedi yoshlarga qarab davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz maktabda Mirzo Ulugʻbek tumanida tashkil etilgan IT-Parkʼning boʻlimini yaratish, mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bunday markazlarni ochish, AKT sohasiga qiziqqan yoshlarga sharoitlar yaratish zarurligini taʼkidladi.

Oʻtgan yili maktabning kelgusidagi infratuzilmasi loyihasi tuzilgan edi, shundan kelib chiqib yangi binoda majlislar zali, kutubxona, darslar uchun koʻplab ilgʻor sharoitlar va sinf xonalar tashkil etildi, bu yerda shuningdek, innovatsion usullardan foydalangan holda fakultativ mashgʻulotlar oʻtkazish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Artel, Ucell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinf xonalari tashkil etildi.

IT-Park ham chetda qarab turmadi va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga qaror qildi. IT-Park koʻmagi bilan maktabda maxsus kontseptual ahamiyatga va mazmunga ega boʻlgan uchta sinf xonasi tashkil etildi.

Sinf xonalaridan biri maktab oʻquvchilariga BPO koʻnikmalarini oʻrgatish uchun moʻljallangan, shuningdek, u yerda oʻquvchilarni darslar tugaganidan keyin bajarishlari mumkin boʻlgan pullik frilans ishlari bilan taʼminlanlash nazarda tutilgan.

Keyingi auditoriya robototexnika taʼlimi uchu moʻljallangan. Bu yerda oʻquvchilar oʻzlarining noyob robotlarini yaratish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. Shuningdek, malakali va sifatli maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun bu sohadagi zarur mutaxassislar taklif etilgan.

Uchinchi xona startaplarni yaratish uchun zarur boʻlgan ilhomlanishni ragʻbatlantirish va izlashga moʻjallangan. Bu yerda oʻquvchilar dam olishga va yangi gʻoyalarni topishga yordam beradigan koʻplab stol oʻyinlarini, shuningdek taniqli tadbirkorlar va oʻz biznesini yaratish yoʻllari haqidagi kitoblarni topishlari mumkin.

Tez orada IT Park filiallari Al-Xorazmiy maktablari atrofida va Samarqand, Buxoro, Namangan va Xorazm kabi viloyatlarda ochilib, ularda asosiy eʼtibor IT sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga, dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqishga, shu bilan birga, IT xizmatlar eksportiga hamda robototexnika va kibersportni rivojlantirishga qaratiladi.

2019-12-30