2020-yilning 15-iyun kuni IT Park delegatsiyasi Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi internet tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi hamrohligida Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Navoiydagi IT Park kelajakdagi faoliyati masalalari muhokama qilindi.
Birinchi navbatda, tomonlar IT Parkʼning Navoiy viloyatidagi filialini yaratish konsepsiyasini muhokama qildilar, ehtimoliy moliyaviy manbalar va yoshlar bilan ishlash boʻyicha harakatlar rejasi kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekistonda IT xizmatlarni eksport qilish rejasi koʻrib chiqildi, undagi asosiy oʻrinni IT-markaz bitiruvchilari egallashi aytib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, IT-markazlar yuqori malakali kadrlar, IT mutaxassislar tayyorlash maqsadida ochilgan boʻlib, ular oʻqishni tamomlaganidan soʻng autsors sifatida ishlashi va xorijiy kompaniyalarga oʻz xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin.
Shu bilan birga, muhokamalarda tez orada maktab dasturiga kiritilishi koʻzda tutilgan “One Million Uzbek Coders” loyihasi haqida ham soʻz bordi.
IT markaz koʻmagida umumtaʼlim maktablarining 7–11 sinf oʻquvchilari, shuningdek IT sohasiga qiziquvchi yoshlar kurslarni yakunlaganlaridan soʻng nafaqat IT Parkning Navoiy filialiga, balki IT Park rezidentlar kompaniyasi bilan ham mehnat shartnomasi tuzishlari mumkin.
Uchrashuv soʻnggida tomonlar IT Park filiali qurilishi uchun moʻljallangan joylarni koʻzdan kechirdilar, IT Park rezidenti, “Sensorika” kompaniyasi hamda IT markazga tashrif buyurdilar.
Shuni aytib oʻtish lozimki, 2021 yil oxiriga qadar Respublika boʻylab 188 ta IT markazlar ochish reja qilingan.
IT markazlar xaritasi: https://www.itcenter.uz/map/
2020-06-16