IT-Park O'zbekiston venchur investitsiyalar asotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Online-Open-Pitch loyihasini boshladilar !

Ma'lumki, COVID-19 pandemiyasi haqidagi so'nggi yangiliklar sababli, O'zbekistondagi barcha universitetlar, maktablar va boshqa ta’lim muassalari karantin uchun yopildi. Ushbu vaziyatning ajralmas qismi sifatida biz o'zimizni va yaqinlarimizni himoya qilish maqsadida masofaviy ta’lim olish, o'z mahoratimizni oshirish va o’z faoliyatimizni internetda davom ettirish naqadar muhimligini tushunamiz. Shu sababli, IT-Park, O'zbekiston venchur investitsiyalar asotsiatsiyasi (UZVCA), ATB “Universal Bank” va “Centil Law” venchur partnyor bilan birgalikda har haftalik ochiq onlayn pitch sissiyalar loyihasini (investorlarga taqdimotlar) boshlanganligini e'lon qiladi.

Loyiha doirasida startap asoschilari o'z loyihalarini mahalliy va xorijiy venchur investorlarga, venchur fondlar vakillariga, biznes-angellarga ochiq shaklda taqdim etishlari mumkin.
Ushbu loyiha startap tashkilotchilarga:

  • investorlarning fikrlarini olishga;
  • investitsiya jalb qilish va mentor, sheriklarni jalb qilishga imkon beradi.

Startaplar bilan quyidagi investorlar online ravishda suhbat qiladi - UZVCA a'zolari bo’lgan “Astron”, “Sturgeon Capital”, “RB Asia”, “Altergate”, “Yellow Rocket” venchur fondlari, shuningdek individual venchur investorlar va biznes-angellar klubi.

Investitsiya strategiyasi:

  1. Investitsiya - EduTech, MedTech, SciTechdan GameDevgacha bo'lgan barcha sohalarga qaratilgan;
  2. Taklif etiladigan sarvoya – startap rivojlanish holatiga qarab, 15 ming AQSh dan boshlab (sum ekvivalentida);
  3. Investitsiyalarning shakli - kollektiv investitsiyalash (co-investment) va boshqalar;
  4. Loyihadagi ulush - rivojlanish bosqichiga qarab 30% gacha;
  5. Loyihaning rivojlanish bosqichi – MVP shakllanayotgan davr (pre-seed stage) va undan keyingi bosqichlar;

Qatnashish shartlari:

  1. Loyihada ishtirok etish bepul va barcha xohlovchilar uchun ochiq.
  2. Arizalar O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi startaplardan qabul qilinadi.
  3. Loyiha ZOOM platformasida ochiq formatda o'tkaziladi.
  4. Taqdimot vaqti 5 daqiqa + 10 daqiqa savol / javob uchun.

Loyihada qatnashish uchun:

Eng yaxshi startaplar, online-sessiyani o’tganidan so’ng investorlar bilan keyingi muzokaralar uchun yopiq sessiyalarga taklif qilinadi.

Kelayotgan va bo’lib o’tgan sessiyalar haqidagi yangiliklar IT Park Telegram kanalida (https://t.me/itpark_uz), O'zbekiston venchur investitsiyalar uyushdamasining Telegram kanalida (https://t.me/uzvca) va ijtimoiy tarmoqlarda olib boriladi.

Birinchi ochiq onlayn sessiya 2020 yil 23 mart dushanba kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadi va unda quyidagi startaplar qatnashadi:

  • Mammo Cancer AI (MedTech)
  • Roboteach (EduTech)
  • Online ta'lim (EduTech)
  • Pereday (Logistics)

2020-03-19