IT Park O‘zbekistondagi IT va startap hamjamiyatlari uchun biznes-nonushta o‘tkazdi

IT Park Uzbekistan ijrochi direktor Abdulahad Kuchkarov ishtirokida IT va startap hamjamiyatlari vakillarini to‘plagan navbatdagi biznes nonushtani tashkil etdi. Tadbir prezident farmoniga binoan qabul qilingan yangi tashabbuslar bilan tanishish va startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Tadbirning ochilish qismi IT Park ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarovning kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida mamlakatdagi startap ekotizimini samarali rivojlantirish uchun kompaniyalar, hamjamiyatlar va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqotning ahamiyatini ta’kidladi.

“Faqatgina kuchlarimizni birlashtirgan holda biz ulkan maqsadlarga erisha olamiz va mintaqaning butun salohiyatini namoyon eta olamiz. IT Park hamjamiyatlarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor, toki ular startaplarni samarali rag‘batlantirsin va ularga xalqaro bozorlarga ishonch bilan chiqishda, eksport salohiyatini kengaytirishda hamda qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilishda yordam bersin. Biz birgalikdagi ishimiz va tajriba almashishimiz jahon miqyosida raqobatlasha oladigan va global hamjamiyat e’tiborini Markaziy Osiyo imkoniyatlariga jalb eta oladigan barqaror ekotizimni yaratishga xizmat qilishiga ishonamiz,” - deya ta’kidladi Abdulahad Kuchkarov.

Startap ekotizimini rivojlantirish va venchur investitsiyalarini jalb qilish bo‘limi katta menejeri Anvar Shahidiy prezidentning “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonida nazarda tutilgan yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z taqdimotida startaplar va venchur fondlari uchun ochilayotgan imkoniyatlarni ta’kidlab o‘tdi, shuningdek, innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, shuningdek, “EdVent”, “Pro Business Club”, “UEnter”, “Startup Weekend”, “TechWomen”, “WomeninTech”, “GDG” va “C Space” hamjamiyatlari asoschilari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tashabbuslari va takliflarini taqdim etishdi, bu esa qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Hamjamiyat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan aniq loyiha va g‘oyalar muhokama qilindi.

IT Park Uzbekistan mamlakat dinamik startap markaziga aylanishi uchun o‘z mavqeyini mustahkamlab, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda. IT Park investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlik faolligini qo‘llab-quvvatlash orqali nafaqat mahalliy innovatsion ekotizimni rivojlantirishga, balki uning ishtirokchilarining xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga ham ko‘maklashmoqda.

2024-11-05