IT Park, tashkilotning salohiyatini rivojlantirish uchun KOICA’dan $4,5 million grant oladi

2021-yil 16-dekabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahriga ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti o'rinbosari Im Chjon Xi bilan uchrashuv bo'lib otdi. Uchrashuvda IT Park direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ham ishtirok etdilar.





Uchrashuvda tomonlar AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini va AKT sektorini rivojlantirish boyicha Koreya texnoparklari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, inkubatsiya va tezlashtirish dasturlarini takomillashtirishni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, KOICA va IT Park rahbariyati barqaror farovonlik asoslarini shakllantirish va IT Park salohiyatini oshirish doirasida muzokaralar o‘tkazdi.  Uchrashuv davomida Ozbekiston Respublikasi IT Parkining barqaror rivojlanishi asoslarini shakllantirish va salohiyatini oshirish loyihasi boyicha ham muhokama bayonnomasi imzolandi.

Shunga ko‘ra, KOICA agentligi tomonidan 4,5 million AQSh dollari miqdorida grant ajratiladi.







Ushbu loyihani amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi:

1. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkilot sifatida IT Park faoliyati samaradorligini oshirish hamda O‘zbekistonda IT va startap-industriyani rivojlantirishga hissa qo‘shish;

2. IT Park’ning funksiyalarini kengaytirish va hududlarda rivojlantirishga muvofiq IT Park markaziy apparatining kompyuter texnikasi va tarmoq infratuzilmasini, shu jumladan server uskunalarini yangilash va takomillashtirish;

3. Koreyalik mutaxassislar ko‘magida IT Park’da treninglar va ma’rifiy tadbirlar tashkil etish orqali O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan AKT mutaxassislari o‘rtasida raqamli savodxonlik va IT-ko‘nikmalarini oshirish;

4. AKT sohasida boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha yuqori samarali treninglar o‘tkazish, shuningdek, Janubiy Koreyada malaka oshirish va amaliyot o‘tash orqali malaka oshirish;

5. IT Park rezidentlari va Koreyaning yetakchi IT-kompaniyalari o‘rtasida texnologiyalar transferi, qo‘shma dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va IT xizmatlarini autsorsing qilish orqali tashqi bozorlarda xarajatlar va raqobatni optimallashtirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2021-12-16