Shu yilning 30-sentyabr kuni IT-Parkda Jahon bankining “Raqamli Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo” (Digital CASA) loyihasi boʻyicha Xuan Navas-Sabater boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Digital CASA loyihasi dengizga chiqish yoʻliga ega boʻlmagan Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Janubiy Osiyoning baʼzi mintaqalari uchun yuqori tezlikdagi Internetga kirish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan. Maʻlumot-markazini qurishni oʻz ichiga olgan infratuzilmaga oid tarkibiy qismlardan tashqari, ushbu loyiha tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish, qonunchilikni optimallashtirish, raqamli koʻnikmalarni shakllantirish va aholining xabardorligini oshirish boʻyicha yoʻnalishlarga ega.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirilish jarayoni bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilib, shuningdek, loyiha ishtirokchilari bilan birgalikda kelgusi harakatlar rejalari belgilandi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya rahbari Xuan Navas-Sabater va IT-Park direktori Farhod Ibragimov tomonidan hamkorlikdagi ishlarning ijobiy natijalari belgilandi va yaqin kelajakda bajariladigan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
2019-10-03