IT Park «Zamonaviy O‘zbekistonda ayollar uchun imkoniyatlar» mavzusida seminar oʻtkazdi.

Joriy yilning 20-noyabr kuni IT Park boshchiligida Wonder Women hamjamiyati, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi, Artel hamda Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida “Zamonaviy O‘zbekistonda ayollar uchun imkoniyatlar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi direktori Abduvali Haydarov, Wonder Women kompaniyasi asoschisi Rada Islamova,  Tumaris.Tech loyiha koordinatori va IT Park’da raqamli transformatsiya bo‘limi boshlig‘I Anastasiya Filippova,  Artel boshqaruvi raisining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Ablaqulovning kirish so‘zi bilan boshlandi.

Seminar Amity universiteti binosida bo‘lib o‘tdi va tashrif buyurganlar soni 200 nafarga yaqin bo‘lib, ular orasida O‘zbekistonning o‘rta va yuqori sinf o‘quvchi

Qizlari, shuningdek, xayriya uylaridagi qizlaridan iborat bor edi.

Tashrif buyurganlar uchun Amity universiteti rektori Bobur Abdullayevning mamlakatimizda qizlarning ta’lim olish istiqbollari haqida taqdimoti o‘tkazildi va Artel matbuot xizmati rahbari Kamola Sobirova oila va kasbiy faoliyatni uyg‘unlashtirish tajribasi haqida gapirib berdi.  Bundan tashqari, MyTaxi xizmati asoschisi Akmal Paiziev zamonaviy dunyoda mehnat bozoridagi tajribasi bilan boʻlishdi va o‘z korxonalarida xotin-qizlarning bandligi va mehnati haqida gapirdi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Mohistara Muxammadyunusova sohalarni raqamlashtirish davrida raqobat kuchaygan sharoitda xotin-qizlarni rivojlantirish muhimligi haqida gapirgan bo‘lsa, huquqshunos va Global Shapers Tashkent Hub kurator-asoschisi Dilfuza Kurolova tanlash huquqining imkoniyatlari haqida aytib berdi.

Xususan, videoaloqa orqali BMTTD’ning Qozog‘istondagi vakili 25-noyabr kuni «Ayollarga qarshi zo‘ravonliksiz 16 kun» nomli yangi dastur boshlanganini ma’lum qildi.  Har bir chiqish oldidan qisqa videoroliklar namoyish etildi, shundan keyin yosh qizlar yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir davomida tashkilotchilar tashabbusi bilan tomoshabinlar o‘rtasida noutbuk, televizor, ryukzak, futbolka va grafik dizayn kurslariga bepul kirish imkonini beruvchi sertifikat ko‘rinishidagi sovg‘alar o‘ynaldi.

Qizg‘in muhokama tarzida o‘tgan seminarda qizlar O‘zbekistonning yosh avlodi o‘rtasida startap ekotizimini shakllantirish, iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni rivojlantirishda ularning o‘rni va ahamiyati haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishdi.  O‘zbekiston yoshlari nafaqat mahalliy, balki xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etish uchun barcha zarur ko‘nikma va salohiyatga ega ekani alohida ta’kidlanib oʻtildi.

2021-11-21